Degidratlanish
Degidratlanish (de va gidratlanish) — anorganik yoki organik moddalardan suv ajralishi. 1) kimyoda — Degidratlanish termik jarayonda koʻpincha katalizatorlar (konsentrlangan sulfat, fosfat kislotalar, alyuminiy-oksid va b.) ishtirokida sodir boʻladi. Efirlar, kislota angidridlari, olefinlar va b. moddalar olishda qoʻllanadi; 2) geologiyada — Degidratlanish yerpoʻstidakengtarqalgan jarayon boʻlib, foydali qazilmalarning hosil boʻlishida katta ahami-yatga ega. Mas, opal mineralining suvsizlanishidan xalsedon va kvars mine-rallari hosil boʻladi. Ular xalq xoʻjaligida keng qoʻllanadi. Organizmda ham degidratlanish jarayoni boʻlib turadi, ular fer-mentlar ishtirokida roʻy beradi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |