Dehli jome masjidi - Hindistondagi meʼmoriy yodgorlik (1644— 58). Boburiylardan ShohJahon qurdirgan. Masjid 3 xonaqoxdan iborat. Bosh tarzi qizil qumtoshdan ishlangan. Peshtogʻi chuqur ravoqli, muqarnas bilan bezatilgan, uning ikki yonidagi ustunsimon burjlar yuqorisi qafasa bilan tugallangan. Peshtoqning ikki yon tomonidagi gumbazli xonalar oldi qator ravokli. Masjidga 3 tomondan kiriladi. 2 burchagidagi minora va gumbazlar marmar qoplab bezatilgan. Old tomonidagi hovli atrofi ravoqlar bilan oʻralgan. D.j.m.da Oʻrta Osiyo meʼmorligi anʼanalari taʼsiri bor.

Delhi, Jama Masjid

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil