Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi

Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi — OʻzRdagi dehqon va fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy uyushmasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 aprel

dagi "Xususiy tadbirkorlikni, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 22 apreldagi qaroriga koʻra tashkil etilgan. Uyushma boshqaruvi Toshkent sh.da joylashgan. Uyushmaning asosiy vazifalari: dehqon va fermer xoʻjaliklarining huquq va manfaatlarini himoya qilish; xoʻjaliklarni shartnoma asosida urugʻlik, oʻgʻitlar, koʻchatlar, nasldor mollar va b. resurelar bilan taʼminlash; xoʻjaliklarga i.ch., texnologiya, transport, yuridik, axborot, marketing xizmatlari va b. xizmatlar koʻrsatish; yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish; deh-qon va fermer xoʻjaliklarini mineral oʻgʻit va yoqilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash, lizing asosida qishloq xoʻjaligi texnikasi sotib olish, banklar va turli jamgʻarmalardan imtiyozli asosda kreditlar va mikrokreditlar olishda yordam koʻrsatish va b. Uyushmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi uyushmasi, viloyat (12) hamda tuman (116) vakilliklari mavjud. Uyushma safida respublikada faoliyat koʻrsatayotgan 43,8 ming fermer xoʻjaligi, 1,8 mln. dehqon xoʻjaligi (ularning 8266 tasi yuridik shaxs makrmida) bor (2001). Uyushmaning tavsiyasi bilan joylardagi hududiy vakilliklar qoshida 25 ta mukrbil mashina-traktor parklari (MTP) tashkil qilinib, fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatmoqda. Mahsulot sotish va eksportga chiqarish boʻyicha 98 kooperativ korxona tashkil qilingan.

Abdurashid Bobomirzayev.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil