Deiveson Alcantara Figueiredo (port.-braz.: Deiveson Alcântara Figueiredo) 1987 yil 18 dekabrda tavallud topgan. Alcantara braziliyalik aralash yakkakurash ustasi, yengil vazn toifasi vakili. U 2012-yildan buyon professional sport musobaqalarida ishtirok etib, UFC va Jungle Fight jangovar tashkilotlari turnirlarida ishtirok etishi bilan tanilgan. Ikki karra va amaldagi UFC chempioni. Vazn toifasidan qatʼi nazar, eng yaxshi jangchilar orasida UFC rasmiy reytingida 9-oʻrinni egallaydi (inglizcha: pound-for-pound) [1].

Biografiyasi tahrir

Deiveson Figueiredo 1987 yil 18 dekabrda Braziliyaning Para shtatidagi Sori munitsipalitetida tugʻilgan. Bolaligi chorvachilik fermasida otasiga uy yumushlarida yordam berib o‘tgan. Uch yil davomida u Belemdagi maktabda kapoeyra bilan shugʻullangan. Oʻn olti yoshida u murabbiy Luri Maradju rahbarligida MMA jangchisi sifatida mashgʻulotlarni boshlagan. Deiveson Alcantara Figueiredo braziliyalik jiu-jitsu sanʼati va muaytay bilan shugʻullangan. Jang sanʼatida pul ishlashni boshlashdan oldin u gʻisht teruvchi va sartarosh boʻlib ishlagan[2][3].

Professional kareraning boshlanishi tahrir

U 2012-yil fevral oyida Knock Out Combat Icoaraci turnirida aralash yakkakurashlar bo‘yicha professional darajada debyut qilgan, sportchi birinchi raunddayoq raqibini taslim bo‘lishga majbur qilgan. U Amazon Fight, Jurunense Open Fight, Lago da Pedra Fight, Coalizao Fight kabi kichik Braziliya promoushinlarida jang qilgan hamda doim barcha janglardan gʻalaba qozonishi bilan ajralib turgan.

2014-yilda u Braziliyaning ancha yirik Jungle Fight tashkilotiga qoʻshildi va u yerda ham gʻalabali seriyasini davom ettirib, jami uchta gʻalabaga erishdi[4].

Manbalar tahrir

  1. „UFC Fighter Rankings“ (en). ufc.com. Qaraldi: 2022-13-02.
  2. „Cabeleireiro, mototaxista e lutador do UFC: a estrada de Deiveson Alcântara“ (pt). sportv.globo.com/site/combate. Qaraldi: 2018-yil 20-fevral.
  3. „Deiveson Figueiredo - Official UFC® Profile“ (en). www.ufc.com. Qaraldi: 2018-yil 20-fevral.
  4. Sherdog.com „Deiveson“. Sherdog. Qaraldi: 2018-yil 20-fevral.