Semyon Dejnyov
Semyon Ivanovich Dejnyov (taxminan 1605— 1673, Moskva) — rus yoʻl ochuvchisayyohi, dengizchisi. Sharqiy Sibirdagi kazak polklarida xizmat qilgan. 1640— 42 yillarda Osiyoning chekka shim.-sharqiy qismini kolonizatsiyalashtirish va Rossiyaga qoʻshib olishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida tuzilgan ekspeditsi-yada qatnashgan. Oymyakonda bulgan. Mahalliy aholidan zurlik bilan davlat xazinasiga sobol (sibir yoki Kamchatka suvsari) moʻynasidan yasoq toʻplagan. 1648-yil navbatdagi ekspeditsiya bilan kemada shim. suv yoʻlidan sharqqa tomon suzib, Osiyoning eng chekka nuqtasiga yetib borgan. Soʻngra Osiyo va Amerika oraligʻidagi boʻgʻoz (Bering boʻgʻozi)dan birinchi marta oʻtgan va Chukotka ya. o.ni aylanib, quruqlikdan Kolima daryosining quyilish joyiga yetib borgan. Anadir va Anyuy darelarini haritaga tushirgan. Kazak atamani unvonini olgan. D. nomiga Osiyoning eng shim.-sharqiy chekka nuqtasi, Chukotkadagi tog tizmasi, Bering dengizi gʻarbiy sohilidagi qoʻltiq qoʻyilgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |