Dekan madaniyati
Dekan madaniyati - Hindiston dagi ilk dehqonchilik yodgorliklari (mil. av. 2-ming yillik). Hind olimlari D.m.ni 3 arxeologik majmua (Ahor, Jorva va Navdatoli)ga boʻlib oʻrgangan. Majmualar topilmalardagi naqshlari xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Qabilalarning xoʻjalik qayotida dehqonchilik va chorvachilik asosiy oʻrinni egallagan. Jez va misdan yasalgan bolta, xanjar, randa, zeb-ziynat buyumlari, idishlar koʻp tarqalgan. Jorva va Navdatoli majmuasida chaqmoq toshdan ishlangan geometrik shaklli qurollar (qirgʻich, segment, trapetsiya, taxtacha va b.) ham mavjud. Sopol idishlar kulolchilik charxlari yordamida tayyorlangan. Metall ishlash ustaxonalarining qoldiqlari bor. D.m. qabilalari Harappa madaniyatita mansub aholi bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlganlar.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |