Dekan yassitogʻligi (sanskritcha dakshina patxa — janubiy mamlakat) — Hindiston ya. o.ning katta (ichki) qismidagi yassitogʻlik. Xindiston Respublikasi hududida, Narbada daryosidan jan.da. Mayd. 1 mln. km2. Oʻrtacha balandligi gʻarbida 900 m, sharqida 600 m. Relyefi bir oz oʻr-qirli tekislik. Asosan metamorfik va otqindi jinslar, ohaktosh va qumtoshlardan tarkib topgan. Geologik jihatdan D. ya. Hindiston platformasining bir qismidir. D. ya.ning balandlashgan chekkalari Gʻarbiy Gat va Sharqiy Gat togʻlaridan iborat. Ular Arabiston dengizi va Bengaliya qoʻltigʻi sohillariga tik yon bagʻir bilan tushgan. Foydali qazilmalardan temir rudasi, mis, marganets, volfram, oltin va toshkoʻ-mir bor. D. ya.ning oʻrta kismidan oqadigan daryolarning vodiylari juda keng . Asosiy daryolari: Godavari, Krishna, Kaveri, Narbada. Iqlimi subekvatorial mussonli iqlim, yozi sernam, bahori yogʻinsiz. Yillik oʻrtacha yogʻin markaziy qismida 500–700 mm, Fapbiy Gat togʻlarida 2000–3000 mm. Eng issiq oy — mayning oʻrtacha temperaturasi 29— 32°, yanvarniki 21—24°. Koʻproq savanna oʻsimliklari oʻsadi. D. ya.ning 60% maydoni haydaladi, 10—15% hududni oʻrmonlar tashkil qiladi. Bandipur qoʻriqxonasi, bir necha milliy parklar tashkil etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil