Deklaratsiya (lotincha declaratio — maʼlum qilaman, eʼlon qilaman) — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va hokazoni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda eʼlon etish (mas, Inson huquklari umumjahon deklaratsiyasi, Oʻzbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 2) soliq toʻlovchining daromadlar xususiyati va miqdori toʻgʻrisida bayon qilishi; 3) pochta bilan mamlakat tashkarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan hujjat; 4) chegaradan oʻtuvchi shaxs oʻzida buyumlar, qimmatbaho narsalar va hokazo borligi va ular miqdori toʻgʻrisida bojxonaga topshiradigan maʼlumot (qarang Bojxona deklaratsiyasi).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil