Delikt – (lot . delictum – buzilish, ayb) (fuqarolik, maʼmuriy, intizomiy huquqbuzarlik) . Delikt atamasining oʻzi Oʻzbekiston qonunchiligida qoʻllanilmaydi. Fuqarolik huquqida bir shaxsning fuqarolik huquqbuzarligi natijasida boshqa shaxsga mulkiy zarar yetkazishi tufayli delikt javobgarligi yuzaga keladi. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 985-moddasida gʻayri-qonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar shaxs tomonidan toʻliq qoplanishi lozim.

Qonunda zararni toʻlash majburiyati zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxsga yuklatilishi mumkin. Qonun xujjatlarida yoki shartnomada jabrlanuvchilarga zararni toʻlashdan tashqari tovon toʻlash majburiyati belgilab quyilishi mumkin. Zarar yetkazgan shaxs, agar zarar oʻz aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni toʻlashdan ozod qilinadi. Qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi boʻlmagan taqdirda xam zararni toʻlash nazarda tutilishi mumkin. Qonuniy harakatlar tufayli yetkazilgan zarar qonunda nazarda tutilgan xollarda toʻlanishi lozim. Agar zarar jabrlanuvchining iltimosi yoki roziligi bilan yetkazilgan boʻlsa, zarar yetkazgan shaxsning harakatlari esa jamiyatning axloqiy prinsiplarini buzmasa, zararni toʻlash rad etilishi mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi