Delishes
Delishes — kechpishar olma navi. Amerikadan keltirilgan. Amerika va Yevropa davlatlari (Fransiya, Italiya, Shveysariya, Gollandiya, Avstriya, Bolgariya, Ruminiya va b.) bogʻdorchiligida yetakchi navlardan hisoblanadi. Da-raxti baland, kuchli usadi, keng shox-shabbali, shoxchalari mustahkam, novdalari sargʻimtish-koʻkish. Bal. 6,5–7 m, bargi oʻrtacha, tekis, toʻq yashil. Gullari oʻrtacha, qirmizi. Aprelning ikkinchi yarmida gullaydi. Simerenko, Renet, Parmen kabi navlar yaxshi changlatuvchi qisoblanadi. Mevasi yirik (150—180 g), sirti silliq, sariq-tillarang, eti shirin, xushboʻy, kuvrak, asal hidi keladi. Tarkibida 16,74% quruq modda, 12,7% qand, 0,25% kta mavjud. Sovuqqa chidamli. Mevasi avgust oxiri — sentabr boshlarida terib olinadi, yanvargacha saqlash mumkin. Har yili hosil qiladi; koʻchati ekilgandan soʻng kuchsiz payvandtagda 3—4-yili, kuchli oʻsadiganlarida 5—6-yili hosilga ki-radi. Hosildorligi 100—120 s/ga. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli. 1950y.lar oxirida Oʻzbekistonga keltirilgan. Toshkent, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlariningtog oldi va togʻli mintaqalarida oʻstiriladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |