Delisting (ing. delisting) - fond birjasida qimmatli qogʻozlarni sav-do roʻyxatidan chiqarish. Ekspert tek-shiruvlarida ularning taʼminoti aniqlangandan keyingi qaror tarzda qoʻllaniladi, bu qimmatli qogʻoz savdoga qoʻyilmaydi va ular listing imtiyozlaridan tamomila mahrum boʻladi. Agar qimmatli qogʻozlar sotuvda qolmagan boʻlsa (firma qaytarib olsa yoki yangisiga almashtirgan boʻlsa), kompaniya aktivsiz qolsa yoki bankrot boʻlsa, qimmatli qogʻozlar oshkora joylashtirish maqbul boʻlmagan kichik hajmga ega boʻlsa, kompaniya listing kelishuvini buzsa D. qoʻllaniladi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil