Dell
Dell, Amerika ko‘ptilli kompyuter texnologiyasi kompaniyasi bo‘lib, kompyuter ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik kompnayilardan biri. 2005-yil natijalariga ko‘ra Fortune 1000 ro‘yhatida 26-o‘rinni egallagan. Dell kompaniyasi bosh ofisi Round Rock, Texas, AQShda joylashgan.
![]() | |
![]() | |
Turi | Sho‘ba |
---|---|
Janr | Kompyuter tehnikalarini ishlab chiqarish |
Hamkor tashkilotlari | Dell Technologies |
Ishga tushgan sanasi | 1-fevral, 1984-yil | )
Joylashuvi | Round Rock, Texas, AQSh[1] |
Asoschi(lar)i | Michael Dell |
Xoʻjayinlar |
Michael Dell (Xo‘jayin & CEO) Jeff Clarke (Vitse-xo‘jayin, Products & Operations) Karen Quintos (CCO) |
Mahsulot(lar)i |
|
Aylanma daromad |
![]() |
Ishchilar soni | 157,000 (2019) |
Oʻziga tegishli kompaniyalar | Alienware, Dell Boomi, Dell Force10 |
Vebsayti | www.dell.com |
Ushbu shirkatning asoschisi, xo‘jayini va CEO'si Michael Dell bo‘lib, shirkat Dell Technologies'ga tegishli hisoblanadi.
TarixiTahrirlash
Kompaniya Michael Dell tomonidan 1984-yil Ostin (Texas, AQSh) shahrida PC Limited nomi bilan asos solingan. Kompaniya 1988-yil Dell Computer va 2003-yil esa Dell, Inc. nomini olgan.
1987-yil Yevropa bozorlariga chiqadi, 1994-yilda esa Osiyo–Tinch okeani regioni bozorlariga chiqadi. 2005-yil Fortune Dellni “AQShda hammada katta qiziqish uyg’‘otadigan kompaniya” deb aytadi (dunyo reytinggida 3 o‘rinda).
Dell – XX asr boshlari XXI asrda eng dinamik kompaniyalar biri hisoblanadi. Faoliyating ilk yillarida kompaniya daromadi $300 mingdan kamroqni tashkil etar edi. 2005-yilga kelib kompaniya daromadi $ 50 milliardga yetdi.
FaoliyatiTahrirlash
Dell – shaxsiy kompyuter, noutbuk, server, maʻlumotlarni saqlash qurilmalari, KPK'lar va boshqa ko‘pgina qurilmalar yaratish, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Faoliyati koʻrsatkichlariTahrirlash
Dell kompaniyasida umumiy ishchilar soni 145,000 (2018) kishini tashkil etadi. 2018-yil natijalariga ko‘ra kompaniya daromadi $78.7 milliardni tashkil etgan, sof foydasi esa 2006-yilga ko‘ra $3.57 milliardni tashkil etdi. Kapitalizatsiya esa 2007-yil 9-avgust sanasida $61.1 milliardni tashkil etdi.
ModellariTahrirlash
Dell Vostro 15Tahrirlash
Dell kompyuterlarining eng yangi modellaridan bo‘lgan Dell Vostro 15 kompyuteri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. U mukmmal rivojlangan yuz orqali insonni tanish, barmoq izi orqali skanerlash va kompyuter xavsizligini ta'minlash qulayliklariga egadir. Eng qizig‘i ushbu kompyuterning old kamerasi Web-Camera 24px turiga kiradi va uning xotirasi hajmi 1 TBni tashkil etadi. U o‘z ichida 240 HDD va 250 SSD disklarga ega. RAM hajmi 4,8,16 va 32 lik turlarga bo‘linadi. Ushbu kompyuter asosan dasturlash va hisobot ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan hisoblanadi. Kompyuterning ovozli boshqarish tizimi ham mavjud bo‘lib u Microsoft kompaniyasining Windows 10 dasturiy tizimida ishlayd
HavolalarTahrirlash
Vikiomborda Dell haqida turkum mavjud |
- ↑ Dell Company Profile. July 28, 2010.
- ↑ 2018 annual results. Craft.