Delos ittifoqi (1-Afina dengiz ittifoqi) — yunon dengiz boʻyi shaharlari va Egey dengizidagi orollarning Afina boshchiligidagi ittifoqi (mil.av. 478/477—404). Ittifoq aʼzolarining kengashlari Delos o.da, Apollon ibodatxonasida oʻtkazilgan. Peloponnes urushi (mil. av. 431—404)da Afina magʻlubiyatga uchragach, D. i. tarqatib yuborilgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil