Demodulyator
Demodulyator (de... va modulyasiya) — yuqori chastotali signallarni tok yoki kuchlanishga aylantirib beradigan moslama; radiopriyomnik yoki simli aloqa qabul qilgichining muhim uzeli. D.da modulyasiyalovchi chastotalar hosil boʻlish uchun unda nochiziqli elektr zanjiri yoki parametrlari oʻzgaruvchan zanjir boʻlishi kerak. Nochiziqli element sifatida lampali yoki yarimoʻtkazgichli diod yoki triod qoʻllanadi. Triod oʻrniga pentod ishlatish ham mumkin.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |