Demon
Demon (yunoncha: daimon — ruh, xudo) — yovuz, "nopok" kuchlarni gavdalantiruvchi xayoliy mavjudot — shayton, iblis, jin, alvasti va hokazo Iudaizm va xristianlik rivoyatlarida D. gunohga botgan (xudoga itoat qilishdan bosh tortgan) farishtalar deb hisoblangan. Baʼzan Olimp xudolari ham D. deb atalgan. D. odamga bevosita taʼsir qiladi, falokat yuboradi yoki biron-bir halokatli voqealarga olib keluvchi yoʻlga boshlaydi. Shu tarzda yunon mifologiyasida D. koʻp hollarda inson taqdirini hal qilgan qandaydir mavhum ilohiy kuch sifatida tasavvur qilingan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |