Denílson Pereira Neves (talaffuzi: Denilson Pereira Neves) 1988-yil 16-fevralda San-Pauluda tavallud topgan.Braziliyalik futbolchi yarim himoyachi vazifasini bajargan. Braziliyaning „Gremio“ klubida faoliyat yuritgan.

Denílson Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Denílson Pereira Neves
Tugʻilgan 16-fevral 1988-yil(1988-02-16)[1][2](34 yosh)

San-Paulu, Braziliya
Fuqaroligi  Braziliya


Boʻyi 178 cm
Pozitsiyasi yarim himoyachi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Biografiyasi tahrir

Denílson Pereira Neves oʻz faoliyatini „San-Paulu“da boshlagan, u yerda „kanonirlar“ bosh murabbiyi Arsen Venger unga eʼtibor qaratgunga qadar 12 oʻyin oʻtkazgan.

„Arsenal“ Denílson Pereira Nevesni 2006-yilning 31-avgustida transfer oynasining soʻnggi kunida 3,4 million funt sterlingga sotib oldi. U Gilberto Silvaning oʻrinbosarlari boʻlishi taxmin qilingandi, ammo tez orada Denílson Pereira Nevesning oʻyin uslubi Sesk Fabregasga oʻxshashligi maʼlum boʻldi.

2006-yilning noyabrida Braziliya U-19 yoshlar terma jamoasi sardori Denílson Pereira Neves Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga terma jamoaga chaqirilgan, biroq oʻyinda qatnasha olmagan. Denílson Pereira Neves 2006-yilning 30-dekabrida „Arsenal“ safida „Sheffield United“ga qarshi oʻyinda debyut qilgan. Yarim himoyachi klubdagi ilk golini 2007/08-yilgi mavsum boshida Liga kubogi bahsida „Newcastle“ga qarshi oʻyinda kiritgan.

2011-yil 18-iyulda futbolchi bir yillik ijara asosida „San-Paulu“ga koʻchib oʻtdi[3][4][5][6]. 2012-yilning 5-iyulida „San-Paulu“ Denílson Pereira Nevesning ijara muddatini 2013-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi[7][8].

2013-yilning 3-iyunda tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, „Arsenal“ 2011-yilda vataniga ijaraga joʻnab ketgan va oʻshandan beri qaytib kelmagan 25 yoshli Denílson Pereira Neves bilan shartnomani bekor qilgani maʼlum boʻldi. Erkin agent maqomidagi braziliyalik „San-Paulu“ bilan toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[9][10]. Avvalroq Moskvaning „CSKA“ klubi futbolchiga yaqindan qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi[11].

Statistika tahrir

Nomi Mamlakat Mavsum Oʻyinlar Gollar
São Paulo F. C.   Braziliya 2005-2006 22 0
Arsenal F. C.   Angliya 2006-2011 153 10
São Paulo F. C.   Braziliya 2011-2015 187 1
Al-Wahda   Birlashgan Arab Amirliklari 2015-2018 29 2
Cruzeiro E. C. (ijara)   Braziliya 2016 5 0
Botafogo F. C.[12] 2018-2019
Sliema Wanderers F. C.[13]   Malta

Manbalar tahrir

  1. Denílson // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Denílson Pereira Neves // As (isp.) — Madrid: Grupo PRISA, 1967.
  3. „Denilson - I'm sad to leave Arsenal friends“ (en). Official Website of Arsenal FC (2011-yil 18-iyul). 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyul.
  4. „Denílson: reforço de Seleção“ (pt). Site oficial do São Paulo FC (2011-yil 18-iyul). 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyul.
  5. „No São Paulo, Denílson quer títulos e retorno à Seleção“ (pt). Site oficial do São Paulo FC (2011-yil 18-iyul). 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyul.
  6. „Denilson é apresentado e se coloca à disposição para sábado“ (pt). Site oficial do São Paulo FC (2011-yil 19-iyul). 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-iyul.
  7. „Denilson renova com o São Paulo“ (pt). Site oficial do São Paulo FC (2012-yil 5-iyul). 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyul.
  8. „Denilson extends loan spell at Sao Paulo“ (en). Official Website of Arsenal FC (2012-yil 6-iyul). 2012-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyul.
  9. „Хавбек «Арсенала» Денилсон может продолжить карьеру в России в ЦСКА“ (en). Советский спорт (2013-yil 3-iyun). 2013-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 12-iyun.
  10. „Денилсон подписал полноценный контракт с "Сан-Паулу" на четыре с половиной года“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  11. „ЦСКА может приобрести полузащитника "Арсенала" Денилсона“. 2013-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  12. Andoza:Cita web
  13. Andoza:Cita web