Denílson de Oliveira Araújo (talaffuzi: Denilson de Oliveyra Arajo; 1977-yil 24-avgustda San-Pauluda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, yarim himoyachi hisoblanadi. U „San-Paulu“, „Real Betis“, „Flamengo“, „Bordo“, „Al-Nasr“, „Dallas“, „Palmeiras“ va „Itumbiara“ kabi futbol klublarida oʻynagan. Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi. 2002-yilgi jahon chempioni, 1998-yilgi jahon chempionati kumush medali sohibi.

Denílson Oliveira
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Denílson de Oliveira Araújo
Tavallud sanasi 24-avgust 1977-yil (1977-08-24) (46 yosh)
Tavallud joyi Diadema, Braziliya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
São Paulo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1994—1998 São Paulo 191 (26)
1998—2005 Real Betis 196 (14)
2000Flamengo (ijara) 17 (4)
2005—2006 Bordeaux 31 (3)
2006—2007 Al Nassr 15 (3)
2007 FC Dallas 8 (1)
2008 Palmeiras 55 (7)
2009 Itumbiara 1 (0)
2009 Hải Phòng 1 (1)
2010 Kavala 0 (0)
Milliy terma jamoa
1996—2003 Braziliya 61 (8)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Biografiyasi tahrir

1977-yil 24-avgustda San-Paulu shahrining chekkasida dunyoga kelgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, San Bernardo-du-Kampoda va boshqa rasmiy manbalarga koʻra — Diademada kambagʻal oilada tugʻilgan[1][2]. 12 yoshida (boshqa maʼlumotlarga koʻra — 11 yoshida) u San-Pauludagi sport maktabiga qatnay boshlagan[3][4]. Ammo pul topishga majbur boʻlib, u tez-tez mashgʻulotlarga kelmagan. Bir muddat futbol va non savdosi bilan mashgʻul boʻlgan. 15 yoshida uni „São-Paulu“ futbol klubining oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Tele Santana asosiy jamoaga taklif qiladi. Soʻngra, kichik futbolchi bilan professional shartnoma imzolanadi va klub Denilsonning ota-onasiga uy sotib olib beradi va ularni ishga joylab qoʻyadi. Oilaning ijtimoiy muammolari shu tarzda hal boʻlgach, Denilson bor eʼtiborini futbolga qaratishga muvaffaq boʻldi.

San-Paulu tahrir

1994-yil 16-noyabrda 17 yoshli Denilson San-Pauluning asosiy jamoasida Peruning „Sporting Cristal“ futbol klubiga qarshi KONMEBOL kubogi 1/4 final uchrashuvida debyut qildi. Birinchi oʻyinda u raqib jamoa darvozasiga gol urishgan va oʻyinni 3: 1 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlagan. Turnir soʻngida „São-Paulu“ futbol klubi oʻsha mavsumda KONMEBOL kubogini qoʻlga kiritdi. „Sporting Cristal“ futbol klubiga qarshi kechgan bahs 1994-yilgi mavsumdagi uning yagona oʻyini boʻlgan. Yarim finaldagi dramatik kurashda „Corinthians“ futbol klubini magʻlub etib, finalda „Atlético Peñarol“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozonishgan.

1995-yilgi mavsumda Denilson „São-Paulu“ futbol klubining asosiy jamoasida oʻz oʻrnini egallashga muvaffaq boʻldi. 1995-yil aprel oyida Qatarda boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida Braziliyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, yaxshi tezlikka egaligi va qoyilmaqom texnikasini namoyish etdi. Chap qanot himoyachisi boʻlgan Denilson oltita oʻyindan toʻrttasida qatnashib, toʻrttasida ham zaxiradan maydonga tushdi. Finalda argentinaliklarga 0:2 hisobida magʻlub boʻlishgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyinlar Gollar
São Paulo F. C.   Braziliya 2005—2006 22 0
Arsenal F. C.   Angliya 2006—2011 153 10
São Paulo F. C.   Braziliya 2011—2015 187 1
Al-Wahda   Birlashgan Arab Amirliklari 2015—2018 29 2
Cruzeiro E. C. (ijara)   Braziliya 2016 5 0
Botafogo F. C. 2018—2019
Sliema Wanderers F. C.   Malta 2019—2020

Manbalar tahrir

  1. „Профиль на Торсида.ру“ (ruscha). 2007-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2009-yil.
  2. „Биография на сайте futbol91.com“ (ispancha). 2012-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2009-yil.
  3. „Профиль на сайте «Далласа»“ (inglizcha). 2012-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-yanvar 2009-yil.
  4. „http://torcida.com.ru/stars/denilson/denilson1/“.