Dengiz choʻchqachalari (Cavia) — choʻchqachalar oilasining bir urugʻi. Tanasining uzunligi 35 sm gacha, dumi kalta, tashqi tomondan koʻrinmaydi. Orqa oyoq panjasi 3 barmoqli. 5—6 turi bor. Janubiy Amerikada yalangliklarda uchraydi. In kovlaydi yoki boshqa hayvonlar joyini egallaydi. Kechasi va shomda oziqlanishga chiqadi. Yil davomida koʻpayadi, 1—4 bola tugʻadi. 8 yilga yaqin yashaydi. D.ch. (S. Porcellus) ni inklar xonakilashtirishgan (goʻshti yeyilgan). Yevropaga dengiz ortidan keltirilganligi tufayli D.ch. deb atala boshlagan. Laboratoriya hayvonlari. Katta-kichikligi, yungining rangi va tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladigan bir qancha zotlari bor.

Dengiz choʻchqachalari
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil