Dengiz navigatsiya haritalari
Dengiz navigatsiya haritalari — dengiz haritalarining asosiy tipi, kema yurgizish va suzish xavfsizligini taʼminlash uchun ishlatiladi. D. n. x.da qirgʻoq shakli va xu-susiyati, dengiz tubi relyefi, grunti, suv osti va suv usti qoyalari, oqimlar, dengiz yoʻllari, kema yoʻlida uchraydigan xavflar (sayozlik, qoya, kuchli dengiz toʻlqinlari va b.), mayoq, toʻlqin qaytaradigan inshootlar, magnit en-kayishi haqidagi maʼlumotlar, gidrologik elementlar (dengiz oqimlari, dengiz suv koʻtarilishiqaytishi, muz chegarasi va hokazo) koʻrsatiladi. D.n.x. maqsadi va masshtabiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: planlar (1:500 — 1:25000), xususiy haritalar (1:25000 — 1:75000), yoʻl haritalari (1:100000 — 1:500000), bosh haritalar (1:750000 -1:5000000).
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |