Dengiz oqimlari (okean oqimlari) — dengiz va okeanlarda turli kuchlar (suv va havo orasida ishqalanish kuchlari taʼsiri, suvda vujudga keladigan bosim gradiyentlari, dengiz su-vining kutarilishida Oy va Quyoshning tortish kuchlari)ga bogʻliq ravishda suv massasining harakatlari. D. o. yoʻnalishiga Yerning aylanish kuchi katta taʼsir koʻrsatadi: oqimlar Shim. yarim sharda oʻngga, Jan. yarim sharda chapga buriladi. D. o. kelib chiqishiga koʻra: shamolning dengiz yuzasiga ishqalanishi (shamol oqimlari), suv temperaturasi va shoʻrligining notekis taqsimlanishi (zichlik oqimlari), suv sathining qiyalanishi natijasida (oʻzgaruvchan oqimlar) va h.k.; oʻzgaruvchanligiga koʻra — doimiy, mavsumiy va davriy (dengiz suvining koʻtarilishi bilan bogʻliq) D.o.; joylashishiga qarab — yuza, yuza osti, oraliq, chuqur, dengiz tubi D.o.; tabiiykimyoviy xossalariga koʻra —iliq, sovuq, chuchuk va shoʻr D. o. boʻladi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil