Denikin Anton Ivanovich [1872.4(16).12, Varshava yaqinida — 1947.8.8, Ann Arber, Michigan shtati, AQSH] — harbiy arbob, rus armiyasining general-leytenanti (1916). Oklar harakatining mashhur arboblaridan. 1918-yil aprelda Koʻngillilar armiyasining qoʻmondoni, oktabrda bosh qoʻmondoni, 1919-yil yanvarda Jan. Rossiya Qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni. Bu kuchlarga Koʻngillilar armiyasi, Don va Kuban kazak qismlari, Kavkaz armiyasi, Qrim korpusi, Qora dengiz floti kirgan edi. Sovet hokimiyatiga qarshi murosasiz kurashgan D. qoʻshinlari 1919-yil yozi-kuzida gʻalabalarga erishdi, lekin 1919-yil kech kuzda Moskva atrofida va 1920-yil boshlarida Shim. Kavkazda boʻlgan janglarda kizil as-karlar ularni magʻlubiyatga uchratdi. 1920-yil 22 martda D. qoʻmondonlikni Vrangelga topshirdi va aprelda Rossiya (Qrim)dan chet elga joʻnab ketdi. Ilmiy ishlari rus-yapon urushi va oklar harakati tarixiga oid.

Manbalar tahrir

  • Denikin A. I., Ocherki russkoy smuti, t. 1, kn. 1, 2; Krusheniye vlasti i armii, fevral-sentabr 1917 g ., M., 1991.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil