Denis Filippovich Rzanin (1910-yil 1-sentyabr – 1989-yil 6-dekabr) – Qizil Armiya serjanti, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944)[1].

Denis Rzanin
Tavalludi 1-sentyabr 1910-yil
Rossiya imperiyasi
Vafoti 6-dekabr 1989-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari artilleriya
Xizmatdagi yillari 19421945
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Denis Filippovich 1910-yil 1-sentyabrda Tambov viloyatining Korostelovo qishlogʻida (hozirgi Muchkapskiy tumani) tavallud topgan. Boshlangʻich maktabni tugatgach, Toshkent shahrida yashab, haydovchi boʻlib ishlagan.

1942-yilda Qizil Armiya safiga chaqirilgan. Oʻsha yildan Ulugʻ Vatan urushi frontida xizmat qilgan[2]. 1943-yildan VKP(b) aʼzosi boʻlgan.

Rzanin 1943-yil noyabrgacha 3-Ukraina fronti 6-armiyasi 245-gvardiya minomyot diviziyasining BM-13 jangovar mashinasining haydovchisi boʻlgan. U Dnepr jangida oʻzining mardonavor xarakatlari bilan ajralib turgan. 1943-yil 17-noyabrda Dneprning Xortitsa orolining yaqinidan kesib oʻtayotganda, mashinadagi ponton shikastlangan. Denis teshikni tezda tuzatishga muvaffaq boʻlgan va bu „Katyusha“ni suv toshqinidan qutqarib qolgan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 22-fevraldagi farmoni bilan „Qizil Armiya nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun“ askar Denis Rzanin Lenin ordeni, „Oltin Yulduzli“ medali va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Urush tugaganidan keyin Denis demobilizatsiya qilingan. U Toshkentda yashab ijod qilgan. 1989-yil 6-dekabrda vafot etgan va Toshkent Qahramonlar xiyobonidagi harbiylar qabristoniga dafn etilgan.

Shuningdek, Rzanin 1-darajali Vatan urushi ordeni, Qizil Yulduz ordeni va bir qator medallar bilan taqdirlangan.

Xotirasi tahrir

 
Ussuriysk shahri, UVVAKU

Jangchi-haydovchi, Sovet Ittifoqi Qahramoni Rzanin nomi Ussuriysk Oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik bilim yurtining xotira devorida abadiylashtirilgan.

Manbalar tahrir

  1. Герои Советского Союза: Краткий биографический словарь / Пред. ред. коллегии И. Н. Шкадов. — М.: Воениздат, 1988. — Т. 2 /Любов — Ящук/. — 863 с. — 100 000 экз. — ISBN 5-203-00536-2.. 
  2. „Denis Rzanin“ (ru). Герои страны („Heroes of the Country“).