Deport (frans. deport) — birjada qimmatli qogʻozlar narxini pasaytirish yoʻli bilan foyda olishni koʻzlab ish yuritadigan olibsotarlar tomonidan maʼlum muddatga tuziladigan bi-tim. Uning aksi — report. Bunday shaxslar, mas, aksiya savdosida aksiyalarni maʼlum bir muddatdan keyin kelishilgan narxlarda sotish haqida bitim tuzib, shu muddatga qadar aksiyalarni arzonroq narxlarda sotib olishni moʻljallaydi. Muddat oʻtgach, aksiyalar narxi oshgan takdirda bitim tuzgan tomon aksiyalarni yuqori narxda sotib, kurs farqidan foyda kuradi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil