Derek Walcott
Derek Walcott (1930, Trinidad oroli, Sent-Lyusiya shahri) – trinidadlik shoir, dramaturg. U, asosan, Ingliz tilida ijod qiladi. Madaniy belgi – ramzlarga boy majoziy va ayni paytda, mazmuni yaqqol sezilib turadigan sheʼriyatida „Kema halokatiga uchragan“ (1965), „Dengiz tomchilari“ (1976), „Yoz oʻrtasi“ (1984) sheʼriy toʻplamlari bosh qahramon – yangi Odam Ato (mustamlaka qulligidan 4 asr keyin) hozirgi sivilizatsiya zavol topayotgan bir davrda, yana qayta oʻzligini topishga urinadi („Ulkan uy xarobalari“ sheʼri). Hozirgi zamonni yangicha epik (ulugʻvor holda) his etish va shu orqali undagi buyuk va oʻtib ketgan madaniyatlar qatlamlarini oʻzaro farqlash U. sheʼriyatining oʻziga xos xususiyatidir „Oʻzga hayot“ (1973) avtobiografik dostoni, „Odamli yoʻlovchi“ (1982) toʻplami]. Uning koʻp yillik izlanishlarini umumlashtiruvchi „Yangi Omir“ dostoni (1990)ni madaniy taraqqiyotning oʻziga xos lirik tahlili deyish mumkin. „Nogʻoralar va bayroqlar“ (1958), „Maymuntogʻdagi tush“ (1968) va boshqa pyesalar muallifi. Tarixiy mavzulardagi sheʼriy asarlari uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1992)[3].
Derek Walcott | |
---|---|
Tavalludi | 23-yanvar 1930 |
Vafoti | 17-mart 2017[1] |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[2] |
Fuqaroligi | Saint Lucia |
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |