Dereli
Dereli — Giresun viloyatiga qarashli tuman. Giresun viloyatining janubida, Şebinkarahisar yoʻlining 32 km naridagi Aksu vodiysida joylashgan. Dereli 1926-yilda shaharcha, 1958-yilning 1-aprelidan boshlab tumanga aylantirilgan. Undan avval bu yerlarda Turk va Rum doʻkonchilari yashagan Dölçukuru nomli qishloq mavjud boʻlgan.
Dereli | |
---|---|
Tuman | |
40°44′20″N 38°26′56″E / 40.73889°N 38.44889°E | |
Mamlakat | Turkiya |
Aholisi (2018-yil) |
20,405 |
Pochta indeks(lar)i | 28950 |
Avtomobil kodi | 28 |
|
Tarixi
tahrirBaşbakanlık Devlet Arşivi (Bosh vazirlik davlat arxivi)ga koʻra, 1500-yillarda Dölçukuru qishlogʻi Yar Alibey ismli turkman beyiga tegishli boʻlgani, undan har yili 400 xos oqcha soliq toʻlaganligi yozilgan. Dereli tarixi Giresun tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Giresun 1397-yili Turkman beyi Bayram Şahning nevarasi Emir Oğlu Süleyman bey tomonidan egallangan. Bu voqeadan soʻng Giresun va uning atrofiga koʻplab oʻgʻuz turkman qabilalari koʻchib kela boshlagan. Manbalarda Giresun va uning atrofi Kuşlu Han va Zırhlı Han ismli shaxslarga qarashli boʻlganligi qayd etilgan. Dereli ikki qoʻl (Kuşluhan ve Zırhlıhan)dan kelganligi aytiladi. Oʻrta Osiyo va Xurosondan kirib kelgan oʻgʻuz turkmanlari Kelkit vodiysi boʻylab Şebinkarahisar va Dereli janubiga oʻrnasha boshlagan. Boshqa qoʻli esa Harşit Vodiysiga kirib kelgan va oʻrnashgan boʻlib, boshqa bir qismi bugungi kundagi tuman atrofini oʻzlashtirgan. Istanbul salibchilar qoʻliga oʻtgach, Sinop atrofida yashagan Çepni nomli oʻgʻuz qabilasi sharqqa tomon siljib, Giresun va Dereli atrofiga koʻchib oʻtgan.
Dereli atrofiga koʻchib kelgan turkmanlar asosan Saljuqiylar davrida oʻrnashgan. 1398-yil Boyazid Yildirim bu hududlarni bosib olish uchun amalga oshirgan safari mobaynida Canik beyligining markazi Samsunni qoʻlga kiritgan. Bu voqeadan soʻng Dereli va uning atrofi Usmoniylar davlatiga qoʻshib olingan. Anqara jangidan soʻng Amir Temur bu hududlarni turkman beyi Hacı Emiroğlu Süleymanga topshirgan. U davrlarda Dereli hududida Oq qoʻyunli hukmdorlari tomonidan baʼzi shaxslarga vaqf qilib berilgan tuproqlar boʻlgan. Dereli va uning atrofi Saljuqiylardan soʻng bugungi kunga qadar asosan etnik turkiy xalqlar yashagan hudud sanaladi. Professor Faruk Sümerning „Oğuzlar/Türkmenler“ asarida 1515-yilga oid arxiv daftarlarida bu hudud, Giresun va Trabzon atrofining nomlanishi Vilayeti Çepni tarzida kechgani aytiladi. Asarda, shuningdek, joy nomlarining turkcha ekani, bu yerda yashovchi aholi asosan turkman boʻlib, Hoji Bektosh Alining muridlari boʻlganligi taʼkidlangan.
Dereli va uning atrofi Giresunga qarashli qishloq sifatida Tanzimot davriga qadar Trabzonga qarashli hudud boʻlgan. Solnomalarda Tanzimot davridan keyin Karahisar'ı Şarki (Şebinkarahisar) Sanjogʻiga, keyin yana Trabzonga qarashli maʼmuriy hudud boʻlganligi aytiladi. Gruziya ruslar tomonidan egallanganidan soʻng musulmon gruzinlar koʻchishga majbur boʻlgan va 1892-yilda Dereli atrofidagi baʼzi qishloqlarga kelib oʻrnashgan. Turkiya respublikasi eʼlon qilingach, 1926-yildan boshlab Dereli Giresunga qarashli bir shaharchaga aylangan. 1958-yil 1-aprel kuni chiqarilan 7033-sonli qonunga koʻra tuman statusiga ega boʻlgan.
Joylashuvi
tahrirDereli Giresun viloyatining janubi, Şebinkarahisar yoʻlining 32-kilometrida yer olgan Aksu Vodiysining ustida joylashgan. Sharqda Keşap va Yağlıdere, gʻarbda esa Bulancak tumanlari bilan chegaradosh. Tuman „Yaylalar diyarı“ (Yaylovlari diyori) sifatida nomi bilan ham mashhur.
Giresunning boshqa tumanlari kabi ancha balandlikda joylashgan Dereli, Karagöl-Kırklar togʻlarining 3000 metrlik baland yerlarini oʻzida jamlagan. Giresun togʻlarining eng baland nuqtasi sifatida bilinadigan Olan Abdal Musa choʻqqisining balandligi 3331 metrdir. Ichki Anadoʻli oʻlkasiga kirish Eğribel dovoni orqali amalga oshiriladi. Tumanning hududiy maydoni 820 kv. km2.ni tashkil etadi. Tumanda oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1300 mm.ga qadar chiqadi.
Iqtisodiyoti
tahrirTumanda hech qanday fabrika joylashmagan boʻlsa-da, yangi yirik gidroelektrostantsiya bunyod etilgan. Soʻngi yillarda qishloq yoʻllariga beton yotqizilgan.
Tumanda yongʻoq yetishtirish eng muhim xoʻjalik turlaridan biridir. Tumanning baʼzi hududlari oʻrmon qishlogʻi boʻlganidan, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan kooperativlar mavjud. Bundan tashqari, katta va kichik boshli hayvonlar boqiladi, shirin suv baliqchiligi bilan ham shugʻullanib kelinadi. Dereli tumanining tuprogʻi unumdor boʻlishiga qaramasdan, aholining muttasil koʻchib ketishi sababli qishloq xoʻjaligi bilan deyarli shugʻillanilmaydi.
Aholisi
tahrirYili | Aholi soni | Shahar aholisi | Shahar tashqarisi aholisi |
---|---|---|---|
1960[1] | 30.189 | 1.234 | 28.955 |
1965 | 34.269 | 2.003 | 32.266 |
1970 | 35.554 | 4.250 | 31.304 |
1975 | 35.773 | 4.188 | 31.585 |
1980 | 36.758 | 4.550 | 32.208 |
1985 | 37.248 | 4.858 | 32.390 |
1990 | 34.422 | 6.058 | 28.364 |
2000 | 27.860 | 8.124 | 19.736 |
2007 | 22.902 | 5.702 | 17.200 |
2008 | 22.124 | 5.652 | 16.472 |
2009 | 21.832 | 5.978 | 15.854 |
2010 | 21.319 | 6.043 | 15.276 |
2011 | 21.045 | 5.940 | 15.105 |
2012 | 20.875 | 5.871 | 15.004 |
2013 | 20.870 | 5.648 | 15.222 |
2014 | 20.615 | 6.847 | 13.768 |
2015 | 20.215 | 7.039 | 13.176 |
2016 | 22.840 | 9.859 | 12.981 |
2017 | 21.102 | 8.921 | 12.181 |
2018 | 20.405 | 5.549 | 14.856 |
2019 | 19.731 | 6.942 | 12.789 |
2020 | 19.369 | 6.036 | 13.333 |
Manbalar
tahrir- ↑ „"İl, İlçe, Bucak ve Köyler itibarıyla nüfus"“. 2015-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |