Derivatsiya (lotincha: derivatio — shoxob-cha) — 1) gidrotexnikada — suv ombori yoki daryodan gidroelektr stansiya binosiga yoki nasos stansiyasiga suv keltiradigan yoki ulardan suvni olib ketadigan inshootlar (kanal, quvur, tunnellar) majmui. Suvning harakatiga qarab, D.ning bosimli yoki bosimsiz xillari boʻladi. Bosimsiz D. ochiq kanal va tunnel shaklida ishlanadi. Bosimli D. esa bosimli tunnel yoki temir, temirbeton va taxta quvurdan iborat. Chirchiq — Boʻzsuv kaskadida qurilgan GES lar (1- va 2-Oqtepa, Boʻrjar, Tovoqsoy, Qodiriya va b.) bosimsiz D. kanaliga misol boʻladi. Kanal trassasining topografik-geologik tuzilishiga qarab, D. trapetsiya, doyra, toʻgʻri toʻrtburchak va b. shakllarda quriladi. Agar bosimli D. trassasi uzun boʻlsa, gidravlik zarbni kamaytirish maqsadida gidrostansiyaga yaqin yerda suvni rostlab turadigan inshoot quriladi; 2) harbiy texnik ad a — havoda aylanib uchayotgan snaryad (oʻq)ning otish tekisligidan (chapga yoki oʻngga) ogʻishi. D.ning ishi giroskop (pirildoq)ning xossasi bilan tushuntiriladi. Otilgan snaryad kanchalik uzoqqa borsa, D. ham shuncha katta boʻladi. Maxsus jadvallarda D. uchun tuzatma beriladi. Snaryad (oʻq) otilayotganda shu tuzatma hisobga olinadi; 3) affikslar yordamida yangi soʻz yasalishi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil