Destabillashtiruvchi tanlanish
Destabillashtiruvchi tanlanish — tanlanishning bir turi, xo-nakilashtirish jarayonida turning turgʻun holatini oʻzgartirishga olib keladigan tanlanish. D.t. tushunchasini rus biologi D. K. Belyayev (1970) domestikatsiya (xonakilashtirish)ning biologik asoslarini tadqiq qilish orqali asoslab bergan, D.t. ontogenezning neyroendokrin sistemasi tanlanish taʼsiriga oʻtganida paydo boʻladi. Bu hol tur yangi, hali unga nomaʼlum boʻlgan zoʻriqtiruvchi (stressor) omillar bilan toʻqnash kelganida yoki unga maʼlum boʻlgan omillarning intensivligi (kuchi) oshib ketganida har doim yuz beradi. Sunʼiy tanlash, yaʼni xonakilashtirish jarayonida xonakilashtiriladigan turlar bir qator stress (zoʻriqtirish) va tanlovchi omillar taʼsiriga toʻqnash keladi. Ular orasida asosiysi odam hisoblanadi. D. t. tom maʼnoda harakatlantiruvchi tanlanish boʻlgani xrlda mohiyat jihatdan organizmning rivojlanishini boshqaradigan sistemalarning buzilishiga, ular oʻzgaruvchanligining oshishiga olib keladi. Bu hol tabiiy sharoitda harakatlantiruvchi yoki turgʻunlashtiruvchi tanlanish uchun birlamchi material boʻladi. D.t. evolyusiyani jadallashtiruvchi muhim omil hisoblanadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |