Detektor
Detektor (lot. detector — sochuvchi) — 1) radiotexnikada — elektr tebranishlarni detektirlaydigan qurilma (qarang Detektirlash). Radioeshittirish, televizion koʻrsatuvlar, aloqa, oʻlchash qurilmalari va b.da yuqori chastotali modulyasiyalangan tebranishlarni modulyasiyalangan tebranish chastotalariga aylantiradi. Amplitudali, chastotali va fazali D.larga boʻlinadi; 2) zarralar va nurlarni aniqlaydigan asbob. Mas, gamma-nurlar D.lari, neytron D.lari va b.; 3) elektr oʻlchash asboblarida — indikatorga taʼsir etadigan kam quvvatli toʻgʻrilagich; 4) yoruglik (fotoelement) va issiqlikni (termopara) aniqlaydigan qurilma.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |