Dev inshootlari
Dev inshootlari - bahaybat tosh boʻlaklaridan bogʻlovchi qorishma (sement, ohak) ishlatmay qurilgan inshootlar. Yunonlar Miken davri (mil. av. 2-ming yillik) da qurilgan shunday inshootlarni afsonaviy devlar (sikloplar) bunyod etgan deb shu nom bilan atashgan. Dunyoning juda koʻp hududlarida D. i.ning qoldiqlari uchraydi. Arxeologiya va arxitektura tarixida D. i. atamasi megalitik (katta toshlardan ishlangan) diniy inshootlar tushunchasi bilan koʻp jihatdan birlashib ketgan. Eng qad. D. i. (asosan, mudofaa va ibodatxona binolari) eneolit davri (mil. av. 3-ming yillik)ga, eng soʻnggilari (qasrlar, qalʼalar) esa ilk oʻrta ayerga oid. MDH xududida D. i. qoldiqlari Zakavkazye (xususan, Urartu davlatining ayrim qalʼalari), Qrim, Tojikiston, Sibirda uchraydi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |