Devonai hisobiy (15-asr, Xiva, Qorakoʻl) — sozanda, bastakor, xonanda, shoir. Xoʻja Ahror taklifiga binoan Qorakoʻldan Samarqandga koʻchib kelgan va uning xonaqohida oʻzga hofizlar bilan birgalikda Jaloliddin Rumiy, Qosim Anvar va oʻzining gʻazallariga yaratilgan asarlarni kuylagan. Darvishali Changiyning musiqa risolasida D. H.dan koʻpgina naqshlar, peshravlar va sheʼriy devonlar qolgani taʼkidlanadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil