Deyan Tyagu
Deyan Tyagu-Stankovich (serbcha: Dejan Tiago-Stanković 2-noyabr 1965-yil, Belgrad – 21-dekabr 2022-yil Lissabon) – serb va portugal yozuvchisi va tarjimoni. „Eshtoril“ (2015) romani uchun Serbiya Fanlar va sanʼat akademiyasining Branko Lopik nomidagi mukofoti va „Zamalek“ romani uchun Yevropa Ittifoqining adabiyot boʻyicha mukofoti (2020) laureati[1].
Deyan Tyagu serbcha:Dejan Tiago-Stanković | |
---|---|
Tavalludi |
2-noyabr 1965-yil |
Vafoti |
21-dekabr 2022-yil Lissabon, Portugaliya |
Kasbi | yozuvchi, Jurnalist |
Ijod qilgan tillari | serb tili, ingliz tili, portugal tili |
Fuqaroligi | Portugaliya |
Tarjimai holi
tahrirDeyan Tyagu 1965-yil 2-noyabr Belgradda tavallud topgan. 1995-yil Londonda yashagan va u yerda Portugal ayoliga uylangan. Keyinchalik ayoli bilan Lissabonga koʻchib oʻtgan va Portugaliya fuqaroligini olgan[2]. U portugal tilidan serb tiliga va serb tilidan portugal tiliga bir qancha tarjimalar qilgan – Saramag, Ivo Andrik va Dragoslav Mixaylovich asarlari bilan ishlagan. U koʻplab Serbiya, Xorvatiya, Portugal, Britaniya va Braziliya nashrlari uchun hujjatli insholar yozgan. Yozuvchi Belgrad haftalik NIN (Nedeljne informativne novine) gazetasining sharhlovchisi boʻlgan. Xorvatlar, serblar, bosnyaklar va chernogoriyaliklarning umumiy tili toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzolagan (serbcha: Deklaracija o zajedničkom jeziku)[3]. U 2022-yil 21-dekabrda Lissabondagi uyida toʻsatdan vafot etgan[4] va Belgraddagi Yangi qabristonga dafn qilingan.
Bibliografiya
tahrirIngliz tilida
tahrir- „Estoril“, urush haqidagi romani (London 2017)
- „Tales of Lisbon“ nomli asarlari bor.
Portugal tilida
tahrir- „Estoril“ urush haqidagi romani (Lissabon 2016)
- „Contos de Lisboa“ (Estoril)
- „Lisboa ultrasecreta“ (San-Paulu) nomli asarlari bor.
Serb tilida
tahrir- „Zamalek“, taqdir haqidagi romani (Belgrad, 2020)
- „Estoril“, urush haqidagi romani (Belgrad 2015).