Deyra Corniche (arabcha: كورنيش ديرة) – Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri dengiz boʻyidagi sayrgoh. Baʼzi manbalarda Dubay Corniche deb ataladigan sayrgoh Dubayning shimoli-sharqida, Deyra shahrida joylashgan[1] boʻlib, shimoldan Fors koʻrfazi bilan oʻralgan va Dubay daryosigacha choʻzilgan keng piyodalar yoʻlagidan iborat.

Deyra Corniche, Dubay

Hududi

tahrir

1975-yil 23-sentyabrda yoʻl qurilishi boʻyicha shartnoma imzolangan boʻlib, uning narxi Dubay amirining sobiq oʻrinbosari Hamdan bin Rashid al-Maktum tomonidan 25 mln AQSh dollariga baholangan[2]. Sayrgoh boʻylab turli xil anʼanaviy va zamonaviy chakana savdo markazlari hamda mehmondoʻstlik obyektlari mavjud. Deyra Corniche al-Dagaya, Eyal Nosir va al-Hamriya portlari bilan chegaradosh boʻlib, ularning barchasi yirik Deyra markaziy biznes tumanining bir qismi hisoblanadi. Qadimgi Dubay baliq va sabzavot bozori, shuningdek, Dubay oltin bozori va Dubay ziravorlar bozori ham Deyra Cornichega yaqin hududda joylashgan. Hyatt Regency Dubai D 90 (al-Xalij yoʻli) yoʻnalishi boʻylab, Deyra Cornichega parallel ravishda joylashgan.

2004-yilda Deyra daryosining gʻarbiy qismi va al-Hamriya porti oʻrtasidagi hududni qayta qurish uchun 1,3 milliard AQSH dollariga teng loyiha boshlangan boʻlib, ushbu loyiha Dubayning shimoli-sharqiy qirgʻogʻida yangi turar-joy binolari, mehmonxonalar va Palm Deirani rivojlantirish ishlarini oʻz ichiga oladi[3].

Xuddi shunday sayrgoh daryoning Bur Dubay tomonida ham mavjud boʻlib, al-Gʻubaybadan al-Sif dengiz stansiyasigacha choʻzilgan.

2017-yilda Cornicheda baliq, sabzavot va goʻsht mahsulotlari sotiladigan Waterfront bozori ochilgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. „About Deira Corniche“. Bayut. Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.
  2. Casey-Vine, Paula. Chronicle of Progress. Trident Press, 1996. 
  3. „Dubai Municipality spending heavily on infrastructure“. Khaleej Times (2004-yil 9-sentyabr). 2014-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
  4. „All you need to know about the Waterfront Market in Deira“. Bayut. Qaraldi: 2023-yil 25-iyul.