Al-Hamriya porti
Al-Hamriya (arabcha: ميناء الحمرية, mināʾa al-ḥamrīya), shuningdek, Port al-Hamriya nomi bilan tanilgan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan port va turar-joy hududi. Al-Hamriya Dubaydagi kichik portlardan biri boʻlib, Deyra shahrining shimoli-sharqiy qirgʻogʻida joylashgan. Ushbu port janubda al-Vaheda va Abu Xayl, janubda va sharqda al-Mamzar hududlari bilan chegaradosh. Palm Deyra loyihasi qurib bitkazilgandan soʻng al-Hamriyaning shimoliy chekkasini tashkil qilgan.
Al-Hamriya porti ميناء الحمرية | |
---|---|
Port | |
25°17′57″N 55°20′3″E / 25.29917°N 55.33417°E | |
Mamlakat | Birlashgan Arab Amirliklari |
Amirlik | Dubay |
Shahar | Dubay |
Maydon | 0.89 km2 (0.34 kv mi) |
Aholisi | 83 |
|
Qurilishi
tahrir1975-yilda 20 million Birlashgan Arab Amirliklari dirhami evaziga (5,4 million AQSH dollari) Dubay hukumati al-Hamriya portini rivojlantirish boʻyicha shartnoma tuzgan. Bu shartnoma qisman Dubaydagi tijoriy faollikning ham oʻsishiga sabab boʻldi va bu Dubay koʻrfaziga katta bosim oʻtkazdi[1]. Portning maqsadi kichik baliq ovlash kemalarini boshqarish, shuningdek, Dubayga moʻljallangan tijorat kemalarining ham bir qismini joylashtirish edi.
Boshqaruvi va faoliyati
tahrirShahardagi boshqa barcha portlar singari, al Hamriya hozirda Dubai Ports World kompaniyasi tomonidan boshqariladi. Port Dubay, Janubiy Osiyo va Sharqiy Afrika mamlakatlari oʻrtasidagi savdo ishlarini osonlashtirishda muhim rol oʻynaydi. Oziq-ovqat, avtomobil ehtiyot qismlari va chorva mollari port orqali amalga oshiriladigan savdoning asosiy qismini tashkil qiladi. Al-Hamriya porti hozirgi kunda kengayish bosqichida, bu esa uning savdo prichalini (kemalar toʻxtash joyi) ikki bosqichda 2,5 kilometrga kengaytirishni oʻz ichiga oladi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Doing Business with the United Arab Emirates. Terterov, Marat. GMB Publishing Limited. 2006
- ↑ Dubai Ports Authority Announces Major Expansion and Modernization of Mina Al Hamriya. Red Orbit. May 4, 2006