Dezaktivatsiya (dez... va lot. activus — taʼsirchan) — radioaktiv zarralar bilan zaharlangan obʼyektlar (suv, oziq-ovqat, kiyim-bosh, tuproq, bino va inshootlar, texnika, qurol-yarogʻlar)ni radioaktiv iflosliklardan tozalash; ommaviy shikastlash vositalaridan himoya qilishning bir usuli. Suv maxsus filtrlash (suzish) qurilmalari bilan, texnika maxsus mashinalar va asboblar yordamida yuvuvchi kimyoviy moddalar bilan D.lanadi va h.k.D. samarasi radiometr bilan tekshirib turiladi. Atom elektr styalarida, yadro reaktorlarida falokat yuz berganda, dushman yadro quroli ishlatganda va b. favqulodda holatlarda ishlatiladi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil