Dezavuirlash
Dezavuirlash (frans. desavover — rad qilish, maʼqullamaganlikni izhor etish) — xalqaro huquqda oʻz vakolatlarini oshirib yuborgan dip-lomatik yoki boshqa rasmiy vakilning xattiharakatlari yoxud bayonotlariga davlat yoki hukumat boshligʻining raddiyasi. Bunda diplomatik vakil topshiriqsiz yoki oʻziga berilgan vakolatlarga xilof ravishda ish kurganligi bayon qilinadi. Bu bilan davlat dezavuirlangan vakilning xatti-harakatlari va ularning siyosiy, xalqaro-huquqiy oqibatlari uchun oʻzidan masʼuliyatni soqit qilish maqsadini koʻzlaydi. Dezavuirlangan diplomatik vakil, odatda, oʻz hukumati tomonidan chaqirib olinadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |