Dezodoratsiya (dez... va lot. odoratio — hid) — yoqimsiz, qoʻlansa hidlarni yoʻqotish yoki sezilmaydigan holatga keltirish. Obʼyektlardan foydalanishda veterinariyasanitariya talablariga rioya etmaslik, organik substratlarning chirishi natijasida havoda ammiak, vodorod sulfid, skatol, indol, uchuvchan yogʻ kislotalari va b. moddalarning toʻplanishi binolarda qoʻlansa hid paydo qiladi. Uy-joy binolari, chorvachilik majmualari, oziq-ovqat korxonalari, bemorlar va yaradorlar yotadigan palatalar, jips berk binolar (suv osti kemalari, kos-mik kemalar)da D. oʻtkaziladi. D. uchun bir qancha vositalar (aerozollar, ozon, formalin, xlorli ohak, lista kumir, torf, kaliy permanganat va b.) bor. Baʼzilari (chin dezodoratorlar) qoʻlansa hidli gazlarni yutadi, oksidlaydi, oʻziga biriktirib oladi va ayni vaktda chirituvchi (sasituvchi) mikro-organizmlarga taʼsir etadi. Chorvachilik binolarini D.lashda goʻngni oʻz vaqtida yigʻishtirib olish, binolarni shamollatish, qalinroq toʻshama solish yaxshi natija beradi. Goʻsht kombinatlari va sovuqxonalarni D. qilishda bi-noning ichki devorlariga 1% li issiq ishqorlar eritmasi yoki tarkibida 2% faol xlor boʻlgan xlorli ohak eritmasi bilan ishlov beriladi. Uchuvchan yogʻ kislotalarini oksidlash uchun bino ichiga ventilyasiya qurilmasi orqali ozon kiritiladi (ozonning 1 m3 xavodagi konsentratsiyasi 0,05—0,1 m3 dan ortiq boʻlmasligi kerak). Axlat oʻralari va uyumlarining sassiq hidini yoʻqotish uchun kul, qum, tuproq, koʻmir kukuni, torf sepib koʻmiladi, shuningdek, kimyoviy moddalardan foydalaniladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil