Dharahara
Dharahara (nepal tilida: धरहरा) yoki Bhimsen minorasi — balandligi 61,88 m boʻlgan minora, Nepalning poytaxti Katmanduning markaziy qismida joylashgan. 2015-yil 25-apreldagi zilzila natijasida vayron boʻlgan.
Tarixi
tahrirXIX-asrning birinchi yarmida Katmanduda ikkita egizak minora qurilgan[1]:
- Bhimsen minorasi — bu kuzatuv minorasining qurilishini Bosh vazir Bhimsen Thapa[en] buyurgan. Minora 1826-yilda qurib bitkazildi.
- Dharahara — 1832-yilda yilda qirolicha Tripurasundari[en] buyrugʻiga binoan qurilgan.
Minoralar 11 qavatdan iborat edi. Minora balkonida navbatchilik qilayotgan kuzatuvchilar dushman paydo boʻlgach, qoʻshin toʻplash uchun trubka bilan signal berishgan.
1834-yilda Bhimsen minorasi zilziladan jiddiy zarar koʻrdi. Oradan yuz yil oʻtib — 1934-yil yanvar oyida yana kuchli zilzila Bhimsen minorasini butunlay vayron qildi va Dharaharaga zarar yetkazdi — ikkinchi minoradan atigi toʻrtta[1] (boshqa manbalarga koʻra — ikki)[2] qavat qolgan. Dharahara qayta tiklandi, bu gal dastlabki tuzilishidan ikki qavat pastroq qilindi. Bhimsen minorasi qayta tiklanmadi va uning nomi Dharaharaga oʻtib, omon qolgan minoraning ikkinchi nomiga aylandi.
2005-yildan boshlab minora sayyohlar uchun ochiq boʻldi. Yuqori, toʻqqizinchi qavatda, 213 pogʻonali spiral zinapoyada Shiva ibodatxonasi, sakkizinchi qavatda — kuzatuv maydonchasi bor edi. Minora 5 metrli bronza shpil bilan tugallangan edi.
Dharahara minorasi 2015-yil 25-apreldagi zilzila natijasida butunlay vayron boʻlgan, uning vayronalari ostida ikki yuzga yaqin odam, asosan, sayyohlar halok boʻlgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Dharahara Tower“. Attractions Nepal. 2015-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-yanvar.
- ↑ „Telling the Epic Story: Dharhara a World Heritage Site“. Nepal Advisor.
- ↑ Spasateli izvlekli iz razrushennoy bashni v Katmandu pochti 200 chelovek