Diabaz
Diabaz (frans. diabase) — toʻla kri-stallangan, asosli vulkan jinsi. Kimyoviy va mineral tarkibiga koʻra bazaltga yaqin. D., asosan, plagioklaz, avgit va b. minerallardan tashkil topgan. Rangi qoramtir, yashilsimon-qora. Tarkibida ishtirok etgan minerallarga qarab amfibolli, bronzitli, biotitli D.larga boʻlinadi. D. qiya enkaygan choʻkindi tog jinslari oblastlarida bor, shuningdek, vulkan lavalari va tuflarida keng tarqalgan. Sill, dayka, lakkolit, yertomir va b. shakllarda uchraydi. Kavkaz, Qrim, Sibir regionlari hamda Germaniya, Angliya, AQSH, Fransiya va b. mamlakatlarda kup. Oʻzbekistonda Chatqol va Qurama togʻlarida D. daykalari holida tarqalgan. Yoʻlga teriladigan tosh sifatida va quyma tosh buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |