Diafilm
Diafilm (dia... va film) — umumiy mavzu asosiga birlashtirilgan va kinoplyonkaga tushirilgan harakatsiz oq-qora yoki rangli fotografik tasvir. D. filmoskop yoki tasvirni ekranga tushiradigan diaproyektor orqali koʻriladi. Tasvir tovush bilan birga namoyish qilinishi mumkin. D. badi-iy, hujjatli, ilmiy-ommabop, oʻquv va b. janrlarda yaratiladi. D.ni tayyorlashda ayrim kadrlar (odatda 50—70) muayyan mavzu va adabiy matn asosida birlashtiriladi. D. maʼruza, targʻibottashviqot ishlarida, maktab-oʻquv dasturini oʻtishda muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa, bolalarda estetik didni tarbiyalash va rivojlantirishda, atrof muhitga qiziqish uygʻotish va mehnat koʻnikmasi hosil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasida D. 1971 y.dan ishlab chiqariladi. "Egri va toʻgʻri" birinchi D.dir. 1972 y.dan buyon 100 dan ortiq nomda (chizilgan, fotografik, oq-qora, rangli va b.) D.lar ishlab chiqarildi ("Tohir va Zuhra", "Boy ila xizmatchi", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Ur toʻqmoq!", "Zumrad va Qimmat", "Oltin baliq", "Qarshi choʻli", "Sehrli yurt" va b.). Bir yilda 8—10 mavzuda 270 tirajda D. ishlanadi.
Turdi Nodirov.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |