Diafragma (anatomiyada) — koʻkrak qafasi bilan qorin boʻshligʻi oʻrtasidagi muskul-paydan iborat toʻsiq; odam va hayvonlarning koʻkrak qafasini qorin boʻshligʻidan ajratib turadi. D. qisqarib-kengayadi. Qisqarganida koʻkrak qafasining kengayishiga, nafas olishni yengillashtirishga imkon beradi. Koʻkrak qafasi qisqarganda D. yuqoriga koʻtarilib, koʻkrak qafasini toraytirishda qatnashib, nafas chiqarishga yordam beradi. Bulardan tashqari, yurak faoliyati, qon aylanishida ham D.ning ahamiyati bor. D. jarohatlanganda yoki unda biror kamchilik yoki nuqson boʻlganda hayot uchun muhim funksiyalar (nafas olish, yurak faoliyati, qon aylanishi va hokazo) izdan chiqishi mumkin.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil