Diane Hendricks

Amerikalik tadbirkor ayol, ABC Supply asoschilaridan biri va egasi, prodyuser, milliarder

Diane Marie Hendricks (talaffuzi: Diana Mari Xendriks; qizlik familiyasi: Smith; 1947-yil 2-martda tugʻilgan) – Viskonsin shtatidan boʻlgan amerikalik milliarder, tadbirkor ayol va kino prodyuseri[2]. U marhum biznesmen Ken Hendricksning bevasidir[2][3].

Diane Hendricks
Tavalludi
Diane Marie Smith

2-mart 1947-yil (1947-03-02) (77 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi ABC Supply egasi va raisi
Turmush oʻrtogʻi
Ken Hendricks
(turm. 1975; vaf. 2007)
Bolalari 7
Qarindoshlari Skylar Simone (nabirasi)[1]

Yoshligi

tahrir

Hendricks AQShning Viskonsin shtatidagi Mondovi shahrida sutchilik bilan shugʻullanuvchi fermerlar oilasida tugʻilgan[4] va huddi shu shtatning Osseo shahrida katta boʻlgan[3][5]. U birinchi farzandini oʻn yetti yoshida tugʻadi va toʻlovlarini toʻlash uchun Playboy Bunny (Playboy klubida ichimlik tarqatuvchi ofitsiant) boʻlib ishlaydi[6]. Hendricks 1965-yilda Osseo-Fairchild yuqori maktabini tamomlagan. U Ken Hendricks bilan uchrashganida birinchi eri bilan ajrashganiga oʻn yil boʻlgan edi[7].

Faoliyati

tahrir

1975-yilda Hendricks buyurtma asosida qurilgan uylarni sotar edi, Ken esa tom yopuvchi ustaning oʻgʻli va yuqori maktabdagi oʻqishini tashlab ketgan yigit boʻlgan[5]. Ular turmush qurishadi va biznes sherik boʻlishdi. 1982-yilda juftlik kredit liniyalaridan kredit olish uchun foydalanganlar, bu ularga mamlakatdagi eng yirik ulgurji distribyutor boʻlgan ABC Supply kompaniyasiga asos solish[8] va uy-joy hamda tijorat binolari uchun tom, deraza, shu kabi boshqa qurilish anjomlari yetkazib berish imkonini berdi[7].

Hendricks Hendricks Holding kompaniyasiga egalik qiladi va ABC Supply kompaniyasining egasi hamda raisi hisoblanadi[2][9][10]. 2012-yil mart oyida Forbes uning boyligini 2.8 milliard[9] va 2021-yil avgustida 11.1 milliard AQSh dollari deb baholagan[11][3][12][13]. 2018-yilda Forbes Hendricksni „oʻz mehnati bilan milliarderga aylangan AQShning eng boy ayollaridan biri“ deb topdi[14].

Hollywood prodyuserligi

tahrir

Hendricks Eron qishlogʻidagi qatl haqida ishlangan „The Stoning of Soraya M“ (2008) filmi va „An American Carol“ (2008), „Snowmen“ (2010) kabi filmlarga prodyuserlik qilgan[10][15][16][17][18].

Siyosiy xayriyalari

tahrir

U Viskonsin gubernatori Scott Walkerning 2012-yilgi qayta saylanish kampaniyasiga qarshi 500 ming dollar xayriya qilgan va bu oʻsha yilgi uning eng katta donorligi boʻlgan[9]. Hendricks saylovlarda Paul Ryanni ham qoʻllab-quvvatlagan[10]. 2014-yilda u Koch Brothers tomonidan yaratilgan Republican Super PAC – Freedom Partners Action fondiga 1 million dollar xayriya qildi[19]. 2015– va 2016-yillarda Hendricks Freedom Partners Action fondiga 2 million dollar xayriya qilgan[20]. 2015-yilda u prezidentlikka nomzod Scott Walker bilan aloqador Siyosiy harakatlar qoʻmitasi (PAC)ga 5 million dollar berdi, shundan 4 million dollari oxir-oqibat oʻziga qaytarilgan[21].

2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida Hendricks demokrat nomzod Hillary Clintonga qarshi chiqqan va Viskonsin shtatidan AQSh respublikachi senatori Ron Johnsonni qoʻllab-quvvatlagan super PAC – Reform America jamgʻarmasiga 5 million dollardan ortiq mablagʻ ajratdi[22]. U Donald Trumpning prezidentlik kampaniyasida iqtisodiy maslahatchi boʻlib ishlagan[23][24].

Scott Pruitt 2018-yil iyul oyida isteʼfoga chiqishidan oldin Hendricks Scott Pruitt Legal Expenses Trustga 50,000 dollar xayriya qilgan[25].

Hendricks Donald Trumpning 2020-yilgi prezidentlik kampaniyasiga jami 1.1 million dollar hissa qoʻshgan[26].

U Gruziya vakili Marjorie Taylor Greene kampaniyasiga ham hissa qoʻshgan[27].

Hendricks 2023-yil holatiga koʻra Super PAC, Make America Great Again, Inc. jamgʻarmasiga 5,000,000 dollar hissa qoʻshgan[28].

Soliq mojarolari

tahrir

Hendricks 2010-yildan 2014-yilgacha boʻlgan besh yillikning toʻrt yili uchun hech qanday davlat daromad soligʻini toʻlamagan[29].

Urban Milwaukee tomonidan olib borilgan tergov shuni koʻrsatdiki, Hendricksning Viskonsin shtatining Rok okrugidagi Rok shahrida joylashgan 8,500 kvadrat metrlik koʻp qavatli uyi 1,663 kvadrat metrlik rancho sifatida baholangan[30]. Urban Milwaukee tergovidan soʻng, Hendricks „xavfsizlik yuzasidan“ soliq inspektoriga mulkka kirishni rad etadi. U baholovchiga uy haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishga rozi boʻlgach, mulkning bahosi 445,700 dollardan 1,205,500 dollarga oʻzgartirildi[31].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Hendricksning yetti farzandi bor va ular Viskonsin shtatidagi Afton shahrida yashaydi[2][3].

Manbalar

tahrir
  1. „Young, talented and eager to sing“ (2012-yil 20-yanvar).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Our Team: Diane Hendricks“. Hendricks Holding Co., Inc.. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Diane Hendricks Net Worth“. CelebrityNetWorths. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  4. IWF 2017 Annual Awards Gala Remarks: Diane Hendricks
  5. 5,0 5,1 Goldstein, Amy. Janesville: An American Story (en). New York City, NY: Simon and Schuster, 2017 — 55-bet. ISBN 978-1-5011-0228-8. 
  6. McGrath, Maggie „Meet The Most Successful Female Entrepreneur In American History“ (en). Forbes. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  7. 7,0 7,1 Zipkin (as told to), Amy. „The Business Must Go On“ (2009-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  8. McGrath, Maggie „Meet The Most Successful Female Entrepreneur In American History“ (en). Forbes. Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 Spivak, Cary. „Beloit billionaire pays zero in 2010 state income tax bill“ (2012-yil 30-may). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  10. 10,0 10,1 10,2 Romell, Rick. „Widow a power in Beloit, beyond“ (2010-yil 25-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  11. „Forbes profile: Diane Hendricks“. Forbes. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  12. Ten Questions For Diane Hendricks, Forbes, 11.04.10
  13. „Diane Hendricks“. Forbes. Qaraldi: 2015-yil 24-fevral.
  14. „America's Richest Self-Made Women“. Forbes. Qaraldi: 2019-yil 17-aprel.
  15. „Diane Hendricks Producer“. Internet Movie Database. Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  16. Dickinson, Hilary. „Hollywood comes to Beloit“ (2010-yil 24-may). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  17. Holden, Stephen. „An Iranian Village Mob and a Wife's Execution“ (2009-yil 25-iyun). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  18. McCarthy, Todd. „An Iranian Village Mob and a Wife's Execution“ (2008-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  19. Vogel, Kenneth; Allen, Mike. „Koch donors uncloaked“. Politico (2014-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  20. „Freedom Partners Action Fund Contributors, 2016 cycle“. OpenSecrets.
  21. „Million-Dollar Donors in the 2016 Presidential Race“ (2016-yil 9-fevral). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  22. Bice, Daniel. „Bice: 5 donors pump $1.7 million into pro-Johnson PAC“. Milwaukee Journal-Sentinel (2016-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-oktyabr.
  23. Arnsdorf, Isaac. „Another super PAC spends millions against Clinton“. Politico (2016-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 28-oktyabr.
  24. Titus, Elizabeth. „Trump adds Hendricks Scaramucci as Economic Policy Advisors“. Bloomberg L.P. (2016-yil 16-avgust). Qaraldi: 2017-yil 24-yanvar.
  25. Guillén, Alex „Pruitt legal fundraising started months before his exit“ (en). POLITICO (2019-yil 5-fevral). Qaraldi: 2019-yil 5-fevral.
  26. „Here Are The Billionaires Who Donated To Donald Trump's 2020 Presidential Campaign“. Forbes. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  27. „Wisconsin billionaire Hendricks donated to QAnon believer Greene“ (en-US). Wisconsin Examiner. Qaraldi: 2021-yil 30-yanvar.
  28. „Browse Individual contributions“ (en). FEC.gov. Qaraldi: 2024-yil 8-may.
  29. Cary Spivak. "Beloit billionaire posts string of zeros on state returns". Milwaukee Journal Sentinel, June 9, 2016. Retrieved December 18, 2017.
  30. Horne, Michael. „Hendricks Not Paying Property Taxes?“ (2017-yil 17-may). Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  31. Murphy, Bruce. „Hendricks' Home Is Reassessed“ (2017-yil 1-iyun). Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.

Havolalar

tahrir