Diaspor (yun. diaspora — tarqoq) — gidroksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi — A1OON. Birinchi marta Ural togʻlarida topilgan. Kimyoviy tarkibi 85% A12O3 va 15% N2O dan iborat. Goho tarkibida temir, marganets, xrom, galliy oksidlari ham boʻladi. Rombik singoniyali. Qattiqligi 6,8—7,3, juda moʻrt. Zichligi 3400 kg/m3. Yupqa plastinkasimon, goho qisqa toʻrtburchak, ustunsimon kristallar holida uchraydi. Rangi sargʻishqoʻngʻir, oq, koʻkimtir, shishadek yaltiroq; qizdirilganda korundga aylanadi. D. boksitning asosiy minerallaridan biri. Gipergen va gipogen sharoitlarda hosil boʻladi. D. granitli pegmatitlarda korund bilan birga, muskovitli va topazli gidrotermal yertomirlarda flyuorit, pirit bilan, ikkilamchi kvarsitlarda korund, kaolinit, alunit, rutil, gematit va b. bilan birga uchraydi. Oʻrta dengiz boksitli provinsiyasida maʼlum. Oʻzbekistonda Markaziy Qizilqum, Hisor, Nu-rota, Zarafshon va Turkiston tizmalaridagi boksit konlarida byomit, gidrargillit, kaolin, Chatqol, Qorjontov va Qurama tizmalaridagi alunit konlaridagi ikkilamchi kvarsitlarda seritsit, pirofillit va kvars bilan, Markaziy Qizilqumdagi najdaklarda korund, Margarit va xloritoid bilan birga uchraydi. D.dan alyuminiy olinadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil