Diego Alves Carreira 1985-yil 24-iyunda tugʻilgan, Diego Alves nomi bilan tanilgan braziliyalik darvozabon.

Diego Alves
2018-yil Alves Flamengo klubida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Diego Alves Carreira[1]
Tavallud sanasi 1985-yil 24-iyun
Tavallud joyi Rio de Janeiro, Braziliya
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001–2003 Botafogo-SP
2004 Atlético Mineiro
Xalqaro medallar

Faoliyatini Braziliyaning Atlético Mineiro klubida boshlagan. Ispaniyada Almeriya va Valencia klublarida uzoq vaqt davomida oʻynagan. Ispaniyadagi oʻn yillik faoliyati davomida La Liganing 269 ta oʻyinda maydonga tushgan va shu vaqt ichida rekord darajadagi 23 ta penaltini qaytargan[3]. 2017-yilda Braziliyaga qaytib kelgandan soʻng Flamengo klubiga qoʻshilgan va klub bilan bir nechta sovrinlarni, shu jumladan, 2019-yilgi Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan.

Alves 2008-yilgi Olimpiadada Braziliya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va jamoa musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2011-yil jamoa xalqaro miqyosda musobaqalashgan. Copa América Centenario musobaqasida ham oʻyinga tushgan.

Klublardagi faoliyati tahrir

Atlético Mineiro / Almería tahrir

Alves Rio-de-Janeyro shahrida tugʻilgan. Atlético Mineiro klubida faoliyatini boshlagan. 2007-yil 24-iyulda Andalusiyaliklarning La Ligadagi birinchi ishtiroki tufayli UD Almeríaga koʻchib oʻtgan. Alves yangi shartnomalar imzolab, koʻplab oʻyinlarda ishtirok etgan va natijada, professional futbolchiga aylangan. U oʻz klubiga Ligada sakkizinchi oʻrinni egallashda yordam bergan. Real Madrid klubiga qarshi bir nechta musobaqada ajoyib oʻyinlar koʻrsatgan[4].

2008-yilning avgust oyida Cobeño Rayo Vallecano klubi tarkibiga qoʻshilganidan soʻng, Alves 2008-09 La Liga mavsumida asosiy tarkibda maydonga tushgan. Ammo, mavsumning soʻnggi qismida jarohat olgan. Keyingi mavsum boshida sogʻligʻi toʻliq tiklandi va barcha oʻyinlarda oʻynadi. Valencia klubiga qarshi oʻyinning 30-daqiqasida qizil kartochka olgandan keyin, oʻyinning qolgan qismida qatnasha olmagan. 2010-yil aprel oyida agenti tomonidan Estadio de los Juegos Mediterráneosdan ketish masalasi koʻrib chiqilayotgani aytilgan[5][6].

2010-yilning 20-noyabr kuni boʻlib oʻtgan Barcelona klubiga qarshi oʻyinda Almería 8:0 hisobida magʻlub boʻlgan. Natijada, bosh murabbiy Juan Manuel Lillo oʻz lavozimini yoʻqotgan[7]. 2011-yil may oyi oʻrtalarida, uning jamoasi yuqori ligani tark etganidan soʻng, Valencia rahbari Manuel Llorente bilan shartnoma imzolashni tasdiqlagan[8].

Valencia tahrir

 
Alves Valencia klubi safida (2011-yil)

Alves Valencia safidagi rasmiy musobaqalarini 2011-yilning 13-sentabrida UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida boshlagan. Ilk uchrashuvi Genkga qarshi boʻlib oʻtgan. Natija 0:0 hisobida yakunlangan[9][10][11].

Alves Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida ham ishtirok etgan. Uchrashuv Chelseaga qarshi boʻlib oʻtgan. U ushbu uchrashuvda bir nechta seyvlarni amalga oshirdi, jumladan, ikki daqiqa ichida uchta ikki ochkolik toʻpni qaytara olgan. Ulardan iktasi Ramires va Fernando Torres tomonidan toʻp tepilganda va uchinchisi, Valencia klubi azosi Víctor Ruiz burchak jarbasini kiritganda amalga oshirilgan. Oʻyin 1:1 hisobida durang yakunlandi[12].

2014-yilning iyul oyida Alves 2019-yilgacha amal qiladigan yangi besh yillik shartnoma imzolagan[13]. Mavsumning soʻnggi oʻyini futbolchining klub safidagi 100-uchrashuvi boʻlgan. Ushbu musobaqa uning sobiq jamoasi Almeríaga qarshi bolib, 72-daqiqada ogʻir jarohat olgan va noyabrgacha klub safidan chiqqan[14].

Flamengo tahrir

2017-yilning 17-iyulida, Yevropaga ketganidan oʻn yil oʻtib, Alves Clube de Regatas do Flamengo klubi safiga qoʻshilgan[15][16]. Ushbu klubdagi faoliyati 2020-yilgacha davom etgan. 2017-yilning 23-noyabrida Maracanã stadionida Atlético Junior klubiga qarshi Copa Sudamericana kubogi uchun yarim final boʻlib oʻtgan. Oʻyinda Yony González zarbasidan soʻng Alvesning suyagi singan. Ikki kundan keyin operatsiya qilindi ammo musobaqalarga ikki oydan keyin qaytgan[17][18]. Jarohati tufayli Alves 2017-yilgi Copa Sudamericana finalida ishtirok etmagan.

Alves 2019-yilda Flamengo safida 62 ta oʻyin oʻtkazgan[19]. Ulardan Campeonato Carioca, Campeonato Brasileiro Série va Copa Libertadoresda gʻalaba qozonishgan[20].

2020-yilda Alves musobaqalarning koʻpchiligiga qatnasha olmagan. Yil boshida COVID-19 bilan kasallangan va Santos klubiga qarshi 20-oʻyin davomida yelkasidan jarohat olgan. Uning yoʻqligida yosh yulduz Hugo Souza paydo boʻldi[19]. Flamengo rahbariyati Athetico klubi darvozaboni Santosni ijaraga olishga qaror qilgandan soʻng, Diego Alvesning ahvoli yanada yomonlashdi[21].

Celta tahrir

2023-yilning 8-fevralida Alves Ispaniyaga qaytdi va RC Celta de Vigoga tekinga oʻtdi[22]. Klub safida bir daqiqa ham oʻynay olmagani uchun 15-aprel kuni shartnomasini bekor qildi[23].

Xalqaro faoliyati tahrir

 
Alves 2014-yilda Braziliya terma jamoasi safida.

Alves 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Braziliya klubi zaxira futbolchisi sifatida qatnashdi. Musobaqada jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Alves asosiy tarkibdagi musobaqasini 2011-yilning 10-noyabrida Gabon bilan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazdi va natija 2:0 hisobda yakunlandi[24]. Toʻrt kundan soʻng boʻlgan Misrga qarshi oʻyin ham xuddi shunday hisobda yakunlangan[25].

Alves bosh murabbiy Dunga tomonidan 2015-yilda Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi uchun tanlangan edi, biroq tizzasidan olgan jarohati tufayli jamoani tark etdi va oʻrniga Neto qatnashdi[26]. 2016-yilning 5-may oyida Copa América Centenarioning 23 kishilik tarkibiga kiritildi[27].

Oʻyin uslubi tahrir

Alves 2015-yilning 25-yanvarida Sevillaga qarshi oʻyinda oʻzining 15-penaltisini amalga oshirgan va bu uning rekordini 42,85 foizga yetkazgan[28].

2015-yilning 9-may kuni boʻlib oʻtgan oʻyinda, Real Madrid hujumchisi Cristiano Ronaldoning zarbasini qaytargan. Alves 37 ta zarbadan 16 tasini qaytarib qola olganligi sababli Ispaniya oliy ligasi tarixidagi eng koʻp penalti qaytargan darvozabon boʻlgan[29]. 2016-yilning 25-sentyabrida Leganés ustidan 2:1 hisobda gʻalaba qozongan[30]. Keyingi oʻyinlarda Antoine Griezmann Alvesdan oʻzib ketdi.

Statistika tahrir

Klub tahrir

2022-yil 13-noyabr[31][32]
Klublar Mavsum Liga Davlat Ligasi Kubok Mintaqaviy Boshqalar Umumiy
Divizion Uchrashuvlar soni Gollar Uchrashuvlar soni Gollar Uchrashuvlar soni Gollar Uchrashuvlar soni Gollar Uchrashuvlar soni Gollar Uchrashuvlar soni Gollar
Atlético Mineiro 2005 Seria A 1 0 2 0 0 0 3 0
2006 Seria B 24 0 0 0 0 0 24 0
2007 Seria A 13 0 14[lower-alpha 1] 0 7 0 34 0
Umumiy 38 0 16 0 7 0 61 0
Almería 2007-08 La Liga 22 0 0 0 22 0
2008-09 31 0 0 0 31 0
2009-10 37 0 0 0 37 0
2010-11 33 0 0 0 33 0
Umumiy 123 0 0 0 123 0
Valencia 2011-12 La Liga 12 0 6 0 12[lower-alpha 2] 0 30 0
2012-13 24 0 1 0 2[lower-alpha 3] 0 27 0
2013-14 27 0 1 0 7[lower-alpha 4] 0 35 0
2014-15 37 0 0 0 37 0
2015-16 13 0 0 0 0 0 13 0
2016-17 33 0 0 0 33 0
Umumiy 146 0 8 0 21 0 175 0
Flamengo 2017 Seria A 19 0 5[lower-alpha 5] 0 24 0
2018 23 0 7[lower-alpha 6] 0 6 0 8[lower-alpha 7] 0 44 0
2019 32 0 12[lower-alpha 6] 0 4 0 12[lower-alpha 7] 0 2[lower-alpha 8] 0 62 0
2020 10 0 10[lower-alpha 6] 0 2 0 4[lower-alpha 7] 0 3[lower-alpha 9] 0 29 0
2021 26 0 5[lower-alpha 6] 0 6 0 11[lower-alpha 7] 0 1[lower-alpha 10] 0 49 0
2022 5 0 2[lower-alpha 6] 0 1 0 0 0 0 0 8 0
Umumiy 115 0 36 0 19 0 40 0 6 0 216 0
Umumiy oʻyinlari 422 0 52 0 34 0 61 0 6 0 575 0

Eslatma

  1. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named MIN
  2. Six appearances in UEFA Champions League, six appearances in UEFA Europa League.
  3. Appearance(s) in UEFA Champions League.
  4. Appearance(s) in UEFA Europa League.
  5. Appearance(s) in Copa Sudamericana.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 Appearance(s) in Campeonato Carioca.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Appearance(s) in Copa Libertadores.
  8. Appearance(s) in FIFA Club World Cup.
  9. Two appearances in Recopa Sudamericana, one appearance in Supercopa do Brasil.
  10. Appearance(s) in Supercopa do Brasil.

Yutuqlari tahrir

Atlético Mineiro

  • Campeonato Brasileiro Seria B : 2006 yil
  • Campeonato Brasileiro Seria A : 2019[33], 2020
  • Braziliya kubogi : 2022
  • Braziliya Superkubogi : 2020, 2021[34]
  • Libertadores kubogi : 2019[35], 2022[36]
  • Recopa Sudamericana : 2020[37]

Braziliya

Individual

  • Bola de Prata : 2019[38]

Manbalar tahrir

  1. „FIFA Club World Cup Qatar 2019: List of Players: CR Flamengo“. FIFA (2019-yil 5-dekabr). 2019-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Diego Alves“. Valencia CF. 2016-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-oktyabr.
  3. „Official: Diego Alves leaves Valencia“. Football España (2017-yil 16-iyul). Qaraldi: 2017-yil 17-iyul.
  4. Turner. „Almería take pride after Madrid fall“. UEFA (2008-yil 4-fevral). Qaraldi: 2010-yil 11-iyun.
  5. Fryer. „Diego Alves open to move away from Almeria – Agent“. Goal (2010-yil 22-aprel). Qaraldi: 2010-yil 24-aprel.
  6. Scime. „AC Milan tracking Almeria goalkeeper Diego Alves“. Goal (2010-yil 22-aprel). Qaraldi: 2010-yil 24-aprel.
  7. „Barcelona net away record“. ESPN Soccernet (2010-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 12-aprel.
  8. „Manuel Llorente confirma el fichaje de Diego Alves“ (es). Super Deporte (2011-yil 19-may). Qaraldi: 2011-yil 21-may.
  9. „Genk and Valencia draw a blank“. UEFA (2011-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 13-sentyabr.
  10. Rodríguez, D.; Calabuig, P.. „La mano vuelve a frenar a Guaita“ (es). Super Deporte (2011-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 26-yanvar.
  11. Picó, Diego; Puig, D.. „Guaita sólo para emergencias“ (es). Marca (2012-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 26-yanvar.
  12. „Soldado spot kick salvages Valencia draw“. UEFA (2011-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 3-fevral.
  13. „Valencia keeper Alves signs new deal“. ESPN FC (2014-yil 9-iyul). Qaraldi: 2014-yil 9-iyul.
  14. „Diego Alves tears knee ligament“. Inside Spanish Football (2015-yil 10-may). 2015-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
  15. „Mais um: "ao vivo", Diego Alves se apresenta como novo goleiro do Flamengo“ (pt). Globo Esporte (2017-yil 17-iyul). Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  16. „Diego Alves é do Flamengo“ (pt). CR Flamengo (2017-yil 17-iyul). Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  17. „Flamengo goalkeeper Alves suffers season-ending injury“. Xinhua News Agency (2017-yil 25-noyabr). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
  18. „Flamengo: Cirurgia de Diego Alves é bem-sucedida e retorno deve levar dois meses“ (pt). O Dia (2017-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
  19. 19,0 19,1 „Em 2019, Diego Alves fez 62 partidas pelo Flamengo. Em 2020, apenas 28“ (Portuguese). Fla Resenha (2021-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  20. „Flamengo tem 2019 mágico com títulos Carioca, Brasileiro e Continental“ (Portuguese). Agncia Brasil (2019-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  21. „Diego Alves, do Flamengo, demonstra insatisfação com chegada de novo goleiro“ (pt-BR). Gávea News (2022-yil 4-mart). Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  22. „DIEGO ALVES, NUEVO REFUERZO PARA LA PORTERÍA DEL RC CELTA“ (Spanish). rccelta.es (2023-yil 8-fevral). Qaraldi: 2023-yil 8-fevral.
  23. „El RC Celta y Diego Alves acuerdan la desvinculación del portero brasileño“ (es). RC Celta Vigo (2023-yil 15-aprel). Qaraldi: 2023-yil 18-may.
  24. „Gabon 0–2 Brazil: Sandro and Hernanes lead Selecao to success in Libreville“. Goal (2011-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 9-mart.
  25. „Egypt 0–2 Brazil: Jonas double ruins Bob Bradley's Pharaoh debut“. Goal (2011-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 9-mart.
  26. „Diego Alves ruled out of Copa America with serious knee injury“. beIN Sports (2015-yil 24-may). Qaraldi: 2015-yil 26-may.
  27. Lozetti. „Dunga convoca Seleção para a Copa América com 7 jogadores olímpicos“ (pt). Globo Esporte (2016-yil 5-may). 2016-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-aprel.
  28. „Diego Alves takes his penalty record to '15 saved from 35' after Sevilla win“. Inside Spanish Football (2015-yil 26-yanvar). 2015-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-mart.
  29. „Diego Alves hace historia al pararle el penalti a Cristiano Ronaldo“ (es). Sport (2015-yil 9-may). Qaraldi: 2015-yil 25-iyun.
  30. „Atletico Madrid battle past Deportivo, Nani on target in Valencia victory“. ESPN FC (2016-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 25-sentyabr.
  31. Diego Alves ESPN FC saytida
  32. „Diego Alves“. Soccerway. Qaraldi: 2014-yil 9-mart.
  33. Wagner. „Flamengo campeão brasileiro 2019: confira o raio-x da campanha“ (pt). Metrópoles (2019-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 25-noyabr.
  34. „Supercopa: em jogo doido, Flamengo vence o Palmeiras nos pênaltis“ (pt). One Football (2021-yil 11-aprel). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
  35. Unwin, Will. „Flamengo 2–1 River Plate: Copa Libertadores final – as it happened“. The Guardian (2019-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 24-noyabr.
  36. „Gabi Leads Flamengo To Libertadores Title“. CONMEBOL Libertadores (2022-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-noyabr.
  37. Vickery. „Flamengo's Recopa win over Independiente a stepping stone to more glory“. ESPN (2020-yil 27-fevral). Qaraldi: 2020-yil 27-fevral.
  38. „Bola de Prata: veja como ficou a seleção do Campeonato Brasileiro 2019“ (pt). ESPN Brasil (2019-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 9-dekabr.

Havolalar tahrir