Differensiatsiya (fizik-kimyoviy jarayon)

Differensiatsiya, magma differensiatsiyasi — fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida magmadan kimyoviy tarkibi turlicha yoki turli nisbatdagi bir xil minerallardan tashkil topgan jinslarning hosil boʻlishi. D.ni likvatsion (yoki asl magmatik) va kristallanish (yoki gravitatsion) turlari boʻladi. Likvatsion D.ning togʻ jinslarini hosil boʻlishidagi roli juda cheklangan boʻlib, bunda magma silikat angidrid (SiO2), karbonapiar, temir silikatla-rp, temir oksidlari va shunga oʻxshashlardan tashkil topgan qatlamlarga boʻlinib ketadi. Kristallanish D.si temperatura va bosimning pasayishidan sodir boʻladi. Magma oʻchogʻida minerallar birin-ketin, avval qiyin eriydiganlari (olivin, piroksen va b.), keyin oson eriydigan (amfibollar, slyudalar, dala shpatlari, kvars va b.)lari kristallanib asta-sekin choʻkadi. Bazalt magmasidan kristallanish D. natijasida maʼlum togʻ jinslarining deyarli hamma xillari hosil boʻladi deb hisoblaydilar. Magma D.sida turli togʻ jinslaridan tashqari magmatik ruda konlari ham qosil boʻladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil