Diffuzion apparat
Diffuzion apparat (diffuzor ekstrator) — maydalangan qattiq materialdan suyuklikda eriydigan moddalarni ekstraksiya usuli bilan ajratib oladigan apparat. Kime va oziq-ovqat sanoatida, asosan, qand i.ch.da keng ishlatiladi. Qand i.ch. apparatlarida maydalangan qand lavlagi yoki shakar kamishdan olingan qand moddalarni suvda ekstratsiya qilish (siqish) usulidan foydalaniladi. D. a.ning uzlukli (davriy) va uzluksiz ishlaydigan xillari boʻladi. Uzlukli ishlayd igan D. a. bir-biri bilan halqa tarzda biriktirilgan juft (12— 16 ta) diffuzor va shuncha oraliq isitkichlardan tashkil topgan diffuzion batareyalardan iborat. U ishchilar soni koʻp boʻlishini talab qiladi. Shuning uchun uzluksiz ishlaydigan D. a. koʻproq ishlatiladi. Tik oʻrnatilgan bir va koʻp kolonnali, qiya teganali, gorizontal rotatsion D. a. kup tarqalgan. Vertikal kolonnali D. a. da maydalangan mahsulot shnek, parrakli yoki zanjirli transportyorlar bilan pastdan yuqoriga kutariladi va turp kurinishida apparatning yuqorigi qismidan solinadi. Suv esa yuqoridan pastga qarab uzluksiz oqib, turplar orasidan utadi va diffuzion sharbat ko-lonnaning pastki qismidan olib ke-tiladi. Jarayon shu tarzda uzluksiz davom etadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |