Difillobotrioz
Difillobotrioz - odam va baʼzi hayvonlar ichagida parazitlik qilib yashaydigan serbar lentasimon gijjalar qoʻzgʻatadigan kasallik. Kasal odam yoki hayvon axlati bilan gijja tuxumi, koʻpgina tana qismlari tashqariga chiqadi. Tuxum suvga tushsa, 3—5 haftadan keyin undan gʻumbaklar paydo boʻladi, ular balikdarni zararlaydi. Odam xom baliq, shuningdek, normal tuzlanmagan ikra yegandagina D. yuqadi. Bunda odamning koʻngli aynib, qayt qiladi, baʼzan qorni ogʻrib, juda kamqon boʻlib qoladi. Bemor axlatidan gijja tuxumi yoki tana qismlari topilgandan keyin tashhis qoʻyiladi. Bemor iloji boricha kasalxonada davolangani maʼ-qul. Organizmdan gijjalarni haydaydigan, shuningdek, kamqonlikni bartaraf etuvchi doridarmonlar buyuriladi. Kasallikning oldini olish uchun daryo va koʻllarning ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, baliqni faqat pishirib, qovurib, dudlab yoki yaxshilab tuzlab isteʼmol qilish kerak. Baliq tuzlanganda 2—7 kunda beza-rar boʻlib qoladi. Serbar lentasimon gijja lichinkalari muzlatilgan balikda —6°, —18° temperaturada 7 kungacha tirik saqlanadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |