Diksilend (ing . Dixieland — Diksi diyori, AQSH Janubiy shtatlariga nis-bat berilgan) — jaz ansambli. Dastlab, oq tanli sozandalardan iborat nyu-orlean uslubiga mansub ilk jaz guruhlarining ifodasi. Tarkibida truba, klarnet, trombon va ritmni taʼminlovchi soz (banjo, fortepiano, kontrabas yoki tuba, urma cholgʻu)lar mavjud. Repertuaridan regtaym, blyuz, fokstrot, shimmi kabi namunalar oʻrin olgan. Oʻzbekistonda 1950-y.lardan (Ye. Jivayev, A. Yarulis, B. Smetanov, S. Petlyar va b.) D. guruhlari maʼlum.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil