Diktiokaulyoz — oʻtxoʻr hayvonlarda uchraydigan invazion kasallik. Kasallikni bronx va traxeyalarda parazitlik qiladigan Dyctyocaulidae oilasiga mansub nematodalar qoʻzgʻatadi. Kasallik qoramol, qoʻy, echki, tuya va b. hayvonlar oʻrtasida keng tarqalgan. D. deyarli koʻpchilik chorva boqiladigan mintaqalarda uchraydi. Gelmintlar oraliq xoʻjayin ishtirokisiz rivojlanadi. Hayvonlar suv, oʻt bilan lichinkalarni yutib zararlanadi. Ichakka tushgan lichinkalar limfa yoʻli boʻylab harakatlanib, qonga oʻtadi, undan oʻpkaga boradi. Bu parazit hayvon organizmida 1 — 1,5 oyda voyaga yetadi. Qoramollar organizmida 1,5 oydan 2 yilgacha yashaydi. Kasal hayvonlar ishtahasi yoʻqoladi, yoʻtaladi, baʼzan ichi ketadi, harorati 39,5—41° gacha koʻtariladi.

Davolash: nilverm, mebendazol, ditrazin divezid, loksuran, yodning suvdagi eritmasi; antigelmintlar bilan degelmintizatsiya qilinadi. Oldi ni olish: yaylov almashtiriladi, suv manbalari tartibga solinadi. Qoʻylarga yaylovda boqish davrida fenotiazin-tuz aralashmasi yoki fenotiazin aralash yemga qoʻshib beriladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil