Diktofon
Diktofon (lotincha dicto — aytib turaman va ... fon) — tovushni lenta va plastinkaga avtomatik tarzda yozib oladigan va qayta eshittiradigan apparat. Tuzilishi magnitofonga oʻxshaydi. Unda tovushni bir tezlikda yozib olib, qayta eshittirishda tezlikni mashinkada yozib ulgura oladigan darajada kamaytirish mumkin. D.ning ixcham (portativ) xili batareya va oʻzgaruvchan tok bilan ishlaydi, choʻntakda olib yursa boʻladi. D. xizmatga oid xatlarni, majlislarda notiqlarning nutqini, maʼruzalarni yozib olish va b. maqsadlarda ishlatiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |