Dila — 1) eshik chorchoʻpi orasidagi taxtacha; 2) bezak sanʼatida yaratiladigan naqsh mujassamoti. Toʻgʻri toʻrtburchak yoki murabba hoshiya ichiga ishlanadi. Jumladan bagʻdodi eshik tabaqalarida chorchoʻp orasiga ishlanadi: bunda eshik tabaqasining oʻrtasida toʻgʻri toʻrtburchak, yuqori va quyi qismida murabba taxtaga naqsh (girih) ishlanib chorchoʻpga oʻrnatiladi (naqsh mujassamoti ishlangan taxtaning atrofi 3—4 sm kenglikda 1—2 sm yupqaroq qilinib chorchoʻp bilan mixsiz biriktiriladi).

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil